"KO'MIR TA'MINOT" MChJNING RASMIY BAYONOTI
Nashr qilingan sana: 13.12.2023 11:09:272023/2024-yillar kuz-qish mavsumi uchun respublika aholisi va byudjet tashkilotlariga jami 1 773,1 ming tonna, shundan aholiga 1 190,1 ming tonna, byudjet tashkilotlari uchun jami 582,9 ming tonna (DXSH asosida tadbirkorlik subyektlariga 234,8 ming tonna) mahalliy ko‘mir yetkazib berilishi belgilangan.
Joriy yil kuz-qish mavsumining 12-dekabr kuniga qadar:
▪️aholiga 932,1 ming tonna (78 foiz);
▪️byudjet tashkilotlariga jami 564,5 ming tonna (97 foiz), shundan to‘g‘ridan to‘g‘ri byudjet tashkilotlariga 344,9 ming tonna (99 foiz).
▪️davlat xususiy sheriklik (DXSH) asosida isitish tizimlarini boshqarish uchun jalb qilingan tadbirkorlik subyektlariga 219,5 ming tonna (96 foiz) mahalliy ko‘mir yetkazib berildi.
Bugungi kunda aholi uchun 1 tonna ko‘mir – 309 800 so‘mdan
byudjet tashkilotlari uchun 1 tonna ko‘mir – 431 400 so‘mdan realizatsiya qilinmoqda.
Hududlardagi MFYlar tomonidan shakllantirilgan hamda mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlagan ro‘yxatga asosan mahalliy ko‘mir mahsulotlari “Ko‘mir ta’minot” MCHJning respublikadagi jami 90 ta hududiy omborlari va 13 ta shoxobchasi orqali aholi va byudjet tashkilotlari uchun yetkazib berilmoqda.
Ma’lumot uchun: “Ko‘mir ta’minot” MCHJning respublika hududlaridagi ko‘mir omborlarida 44,6 ming tonna mahalliy ko‘mir jamg‘arilib, 26,8 ming tonnasi yo‘lda ortib yuborilgan.
Farhod Hursanov,
"Ko‘mir ta’minot" MCHJ rahbar o‘rinbosari
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Kasb bayrami: konchilar sharaflandi
19-may –O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘td...
O'qishBirlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.M.Qayumovning bayram tabrigi
Hurmatli konchilar! Qadrli kasaba uyushmalari faollari! Bugun yurtimizda, shu jumladan aksiyadorlik jamiyatimizda bayram shukuhi kezib yuribdi. Yakshanba kuni...
O'qish“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Vladimir Vladimirovich Kuznesovning bayram tabrigi
Aziz konchilar va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni dunyodagi eng mashaqqatli va sharafli kasblardan biri ‒O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati...
O'qishYo‘lingiz hamisha bexatar bo‘lsin!
Ushbu filialda uchta avtobaza bo‘lib, 2-avtobazada yengil ma va maxsus avtotransport transpot vositalari jamlangan. Jamoada ko‘plab o‘z kasbini puxta egallagan...
O'qish