Mangu xotirangiz oldida ta’zimdamiz, mard o‘g‘lonlar!
Nashr qilingan sana: 09.05.2024 16:40:47Bugun, 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahar Xotira huyobonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi o'tkazildi. Ushbu tadbirda “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori V.V.Kuznetsov boshchiligida korxona jamoasi vakillari ham ishtirok etdi.
Ikkinchi jahon ururi insoniyat boshiga og‘ir kulfatlar keltirgan, misli ko‘rilmagan darajada katta va dahshatli muhoraba sifatida tarixga kirgan. O‘zbekiston xalqi butun taraqqiyparvar insoniyat qatori 1941-1945 yillari front va front orti mehnat maydonlarida faol ishtirok etib, buyuk Gʻalabani ta’minlashga munosib hissa qo‘shdi.
Urushdan oldin O‘zbekistonda 6 million 551 ming aholi yashagan bo‘lsa, shundan 1 million 950 ming 700 nafar yurtdoshimiz janglarda bevosita ishtirok etdi. Ayovsiz urushdan omon qaytish nasib etgan 1 million 54 ming 298 nafar yurtdoshimizning 870 ming 942 nafari yaralangan va nogiron edilar.
Urushdan 896 ming 402 nafar yurtdoshimiz qaytmadi. Ulardan 538 ming 366 nafari jang maydonlarida halok bo‘lgan, 150 ming nafari dushmanga asir tushgan, 50 ming nafari konsentrasion lagerlardan omon chiqmagan, 158 ming 36 nafari bedarak ketgan. Ular orasida angrenliklar ham bor.
Biz Buyuk Gʻalabaga beqiyos hissa qo‘shgan, shu yorug‘ kunlarga yetib kelolmagan aziz insonlarni yod etib, ularning xotirasi, pok ruhlari oldida ta’zim qilamiz.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Kasb bayrami: konchilar sharaflandi
19-may –O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘td...
O'qishBirlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.M.Qayumovning bayram tabrigi
Hurmatli konchilar! Qadrli kasaba uyushmalari faollari! Bugun yurtimizda, shu jumladan aksiyadorlik jamiyatimizda bayram shukuhi kezib yuribdi. Yakshanba kuni...
O'qish“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Vladimir Vladimirovich Kuznesovning bayram tabrigi
Aziz konchilar va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni dunyodagi eng mashaqqatli va sharafli kasblardan biri ‒O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati...
O'qishYo‘lingiz hamisha bexatar bo‘lsin!
Ushbu filialda uchta avtobaza bo‘lib, 2-avtobazada yengil ma va maxsus avtotransport transpot vositalari jamlangan. Jamoada ko‘plab o‘z kasbini puxta egallagan...
O'qish