Milliy liboslarimida urf-odatlarimiz mujassam
Nashr qilingan sana: 09.04.2024 13:02:36Milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamdir.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ayollarimizning milliy o‘zligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish esa yaxshi an’anaga aylandi.
Xususan, 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan ushbu tadbirlarning har birida 8,5-9 million nafardan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdi va jamoatchilik tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi.
Ushbu an’anaga ko‘ra joriy yil 8-14 aprel kunlari festivalning birinchi bosqichi hamda 2-7 sentabr kunlari ikkinchi bosqichida respublikamizning barcha hududlaridagi mahallalarda, vazirlik va idoralarda, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxona, tashkilotlarda o‘tkazilishi rejalashtirildi.
Bugun mazkur festivalda “O‘zbekko‘mir” AJ xotin qizlari ishtirok etib, milliy liboslarimizni chiroyli namoyish qildilar.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Angren” ko‘mir koni mehnat jamoalarida
Aprel oyi “Angren” ko‘mir konida muvaffaqiyatli kechdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda oy davomida 1 600,0 kubometr o‘rniga 1735,3 kubometr (135%) hajmida...
O'qishMavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qiladi. Talbagorlarga 99 kasb bo‘yicha 184 bo‘sh ish o‘rni takl...
O'qishKo‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor,...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qish