Tadbir jadidchilik harakati tarixiga bag‘ishlandi
Nashr qilingan sana: 15.02.2024 00:32:43Tadbir jadidchilik harakati tarixiga bag‘ishlandi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida jadidchilik harakati tarixini o‘rganish mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
“Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi” filialida tashkil etilgan tadbirni Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Qayumov qisqacha kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bosh ilmiy xodimi Bahrom Irzayev respublikamizda jadidchilik harakati tarixini o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida yig‘ilganlarga so‘zlab berdi.
Ta’kidlandiki, keyingi yillarda yurtimiz ozodligi uchun kurashgan ajdodlarimizga munosabat tubdan o‘zgardi. Vatan uchun jonini fido qilgan bobolarimizga munosib bo‘lgan, ular orzu qilgan istiqlolni ko‘z qorachig‘idek asrash, ayniqsa, bugungi murakkab zamonda har qachongidan-da dolzarb sanaladi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Jadid” gazetasi tashkil etilgani jadid bobolarimiz hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etishda o‘ziga xos tafakkur maydoni bo‘lib xizmat qiladi.
Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida jadidchilik harakati tarixiga oid boy materiallar bor. Tasviriy san’at galereyasida jadidchilik harakatiga bag‘ishlangan “Xotira yo‘lagi” ko‘rgazmasi ochilgan bo‘lib, u 18 fevralga qadar davom etadi. Unda 42 eksponat namoyishga qo‘yilgan.
Tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.
Tadbir “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi Gulmira Jo‘rayeva ijrosidagi qo‘shiqlar bilan yakunlandi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Kasb bayrami: konchilar sharaflandi
19-may –O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘td...
O'qishBirlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.M.Qayumovning bayram tabrigi
Hurmatli konchilar! Qadrli kasaba uyushmalari faollari! Bugun yurtimizda, shu jumladan aksiyadorlik jamiyatimizda bayram shukuhi kezib yuribdi. Yakshanba kuni...
O'qish“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Vladimir Vladimirovich Kuznesovning bayram tabrigi
Aziz konchilar va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni dunyodagi eng mashaqqatli va sharafli kasblardan biri ‒O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati...
O'qishYo‘lingiz hamisha bexatar bo‘lsin!
Ushbu filialda uchta avtobaza bo‘lib, 2-avtobazada yengil ma va maxsus avtotransport transpot vositalari jamlangan. Jamoada ko‘plab o‘z kasbini puxta egallagan...
O'qish