USTOZLARGA EHTIROM KOʻRSATILDI
Nashr qilingan sana: 30.09.2022 17:08:0030 sentyabr kuni “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatida Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali tadbir va bayram konserti oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 9 yanvardagi Farmoni bilan har yili 1 oktyabr ‒ Oʻqituvchi va murabbiylar kuni sifatida keng nishonlab kelinadi. Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Abdunosir Qayumov tantanali tadbirni tabrik soʻzi bilan ochar ekan, har bir insonning komil shaxs boʻlib voyaga yetishida, mohir kasb egasi boʻlib jamiyatda oʻz oʻrnini topishida ustoz-murabbiylarning xizmati beqiyos ekanligini alohida taʼkidladi.
Tadbirda koʻmir sanoatida koʻp yillar mehnat qilgan ustoz konchilar va ilgʻor xodimlardan bir guruhi faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Oʻzbekiston xalq artisti Tesha Moʻminov tadbirda soʻz olib koʻmir sanoati xodimlari va ustoz konchilarni bayram bilan qutladi, oʻzining badiiy chiqishlarida ustozlarni sharafladi.
Tadbir “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi Erkin Xudoyqulov ishtirokidagi bayram konserti bilan yakunlandi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Korrupsiyaga murosasiz munosabatda bo‘laylik!”
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda. Bugun "Temir yo‘l transporti" filiali...
O'qishKo‘mir koniga – zamonaviy kon texnikalari
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘tgan yildan boshlab zamonaviy yangi kon texnialari ola boshladi. “Avtomobil-texnologik transporti” filiali ra...
O'qishFuqaro muhofazasi oyligi tadbirlari
Respbulikamizda 15 martdan 15 aprelgacha “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va Fuqaro muhofazasi oyligi” deb e’lon qilingan edi. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik...
O'qish“O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisining tabrigi
Aziz va muhtaram konchilar, hurmatli kasaba uyushmalari faollari! Bugun butun islom olamida ulugʻ bayram – Ramazon hayiti! Qalblarimiz quvonch va ezgulik nuriga toʻlib...
O'qish