YANGI ANGREN ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI YOQILG‘I ZAXIRASI MUSTAHKAMLANMOQDA
Nashr qilingan sana: 14.12.2023 21:49:25Shu maqsadda "O‘zbekko‘mir" AJ konlaridan stansiyaga qo‘shimcha ravishda ko‘mir yoqilg‘isi yuklanmoqda. Bugun Bosh prokuratura ko‘magida qo‘shimcha ko‘mir yuklangan poyezdlar, shuningdek, avtokolonna stansiyaga yo‘l oldi.
Ayni sovuq kunlarda energiya resurslariga bo‘lgan talab keskin oshishi tabiiy. Ana shu talabni kafolatlash maqsadida respublika energetika tizimi shu yilning 1-dekabridan 24 soatlik ish tartibida faoliyat ko‘rsata boshladi.
"O‘zbekko‘mir" aksiyadorlik jamiyatida ham ko‘mir qazib olish va iste’molchilarga uzluksiz yetkazib berishning barcha imkoniyatlari ishga solinmoqda.
Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi ko‘mir mahsulotining asosiy iste’molchisi hisoblanadi. Ushbu korxona uzluksiz ravishda elektr quvvati ishlab chiqarishi uchun bir kecha-kunduzda 18 ming tonnaga yaqin ko‘mir yoqilg‘isiga ehtiyoj sezadi.
Ayni kunlarda stansiyaning yoqilg‘i zaxirasini mustahkamlash uchun "Angren" konidan qo‘shimcha qattiq yoqilg‘i ortib yuborilmoqda.
"O‘zbekko‘mir" AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Kasb bayrami: konchilar sharaflandi
19-may –O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘td...
O'qishBirlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.M.Qayumovning bayram tabrigi
Hurmatli konchilar! Qadrli kasaba uyushmalari faollari! Bugun yurtimizda, shu jumladan aksiyadorlik jamiyatimizda bayram shukuhi kezib yuribdi. Yakshanba kuni...
O'qish“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Vladimir Vladimirovich Kuznesovning bayram tabrigi
Aziz konchilar va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni dunyodagi eng mashaqqatli va sharafli kasblardan biri ‒O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati...
O'qishYo‘lingiz hamisha bexatar bo‘lsin!
Ushbu filialda uchta avtobaza bo‘lib, 2-avtobazada yengil ma va maxsus avtotransport transpot vositalari jamlangan. Jamoada ko‘plab o‘z kasbini puxta egallagan...
O'qish