100250,Angren,Istiqlol,1

100011,Toshkent,M-14,27
tel:2442516,2445579
faks:2442080

...

           

           
 

   

Mahsulotni olish sharti va qoidalari


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 fevraldagi “Yuqori sifatli mahsulot turlari, hom-ashyo va materiallarning kelajakdagi joriy qilinishi to’grisida”gi 57-son qarorning 40 bandi 3 ilolvasida, ko’mir sotishi “O’zbekenergo” DAK elektrostansiyalari va budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlardan mustasno oldi-sotdi tovar homashyo birjasi orqali amalga oshirilishi belgilab qo’yilgan. Shunda birja sotuvida sotuvchi bo’lib ko’mirni qazib olish tashkilotlari, haridor bo’lib esa ko’mir sotishi bilan shug’ullanuvchi korxonalar (aholiga sotish) va ko’mirni o’z ehtiyojlari uchun ishlatadigan boshqa iste’molchilar.


Ko’mir hajmi O’zbekiston Respublikasi Tovar Hom ashyo Birjasi sotuviga chiqarilishi Davlat Monopoliyadan Chiqarish Komiteti jadvali va Iqtisodiyot Vazirligida tasdiqlangan ko’mir taqsimoti va resurslar Balansida nazarga olingan hajm me’yorida ishlab chiqarilmoqda, shunda boshlang’ich baholar sifatida Moliya Vazirligi tasdiqlagan deklaraciya qilingan baholar Reestri bo’yicha baholar qo’llaniladi.


Ko’mir sotuvi birjasiga korxona va tashkilotlar kirish tartibi va keltirilgan ko’mir uchun to’lash shartlari O'zRTHAB birja sotuvining Qoidalari va birja sotuvida tuzilgan shartnomalar asosida belgilanadi, “O’zbekko’mir” OAJ baho tuzilishi va birja ko’mir sotuvida qatnashadigan korxonalar belgilashida ishtirok etmaydi.


Kaolin, ohak va tog’ moddalari sotuvi Moliya vazirligi tasdiqlagan deklaraciya qilingan baholar Reestriga asoslangan bevosita shartnomalar bo’yicha bajarilmoqda.


 
Mahsulotning sifat ta’rifi

ANGREN KO’MIR KONI KO’MIRNING SIFAT TA’RIFI ("O'zbekko'mir" OAJ, "Apartak" OAJ)

SHARGUN VA BAYSUN KO’MIR KONI KO’MIRNING SIFAT TA’RIFI ("Shargunko'mir" OAJ)

Ko’mirning sifat ta’riflarini kiritish (rus)

! ! ! ! !
 
Vskrisha ishlari olib borilganda keramika, sement devor materiallari va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishda qimmatbaho hom ashyo bo’lgan katta hajmda kaolin qazib olinadi.

Biz shu kaolinning talab qilinadigan miqdorda ta’minlanishini amalga oshira olamiz.


Kaolinning sifatli ta’rifini kiritish (rus)

 
Yo’l-yo’lakay hosil qilingan foydali qazilmalar


Kaolindan tashqari Angren ko’mir konida sanoatning har xil tarmoqlarida ishlatib bo’ladigan tog’ parchalari: ohak, opoki, kvarc qumlari, suglinkalar ham mavjud.


Ko’mir depozitlaridagi ohak loy va qurilish ohakni olish uchun flyus sifatida bo’lib 500-600 rusumli portlandcementni ishlab chiqarish uchun yaroqlidir. Shunda Ohangaron sement zavodi taklif etgan mahsulotning asosiy iste’molchisi sifatida chiqishi mumkin.


Opok zahiralari aktiv mineral qo’shimcha sifatida sement ishlab chiqarish uchun qiziqish ko’rsatadi va “Angren ko’mir koni” bo’yicha 12 mln. m3 dan ortiq baholanadi. Ko’mir koni zahiralari 113 mln. m3 ni tashkil etgan kvarc qumlari g’isht ishlab chiqarishda ozaytiruvchi qo’shimcha sifatida silikatli gaz mahsulotlarini islab chiqarishda va shakllantiruvchi hom ashyo sifatida ishlatilishi mumkin.


OAJ “O’zbeko’mir”, UzNIIximproekt mutaxassislari va O’zR FAning Botanika Instituti bilan organik mineral o’g’itlarni olish yangi usuli ishlab chiqilgan. O’g’itlarning îrganik qismi sifatida oldindan biokomponentlar bilan ishlangan ko’mir qazish va ko’mir boyitish chiqindilari foydalanilgan. Mineral o’g’itlarning umumiy hajm qismida ozuqali komponentlari quyidagilarni tashkil etadi: azot – 30 foizgacha, o’zlashtirilgan Đ2O5 – 28 foizgacha, organik qismi – 35-60 foiz. Bundan tashqari, 1-4mm granulalarning umumiy hajm qismida 80 foizni tashkil etadi, mahsulotning namligi 10 foizdan ko’p emas, mahsulot íĺ ńëĺćčâŕĺňń˙, gigroskoplanmaydigan. Yangi o’g’itlar texnik sabzavotlar, poliz va bog’ mahsulotlariga kiritish uchun mo’ljallangan. Ko’mir chiqindilarni qayta ishlab chiqishda asoslangan organic mineral o’g’itlarnini olish texnologiyasi, ularni ishlab chiqarish uchun qimmatbaho maxsus asbob-uskunalarning ishlatilishini talab qilmaydi, va standard jihozlarning qo’llanilishi bilan amalga oshirilishi mumkin, bu taklif qilingan mahsulotning kerakli raqobat qobiliyati darajasini ta’minlashi mumkin.

 

   
 
Tepaga
Biz haqimizda Mahsulot va hizmat Ta’minotchilar uchun Kontaktlar
   
 

©  "O'ZBEKKO'MIR", 2006-2009