“Mycoal.uz” elektron platformasi iste’molchilarga qulaylik yaratadi
Nashr qilingan sana: 28.05.2025 16:25:32
2025-yilning 28-may kuni O‘zbekiston milliy matbuot markazida “mycoal.uz” elektron platformasini joriy etish orqali iste’molchilarni ko‘mir yoqilg‘isi bilan ta’minlashni yangi bosqichga olib chiqish mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Bosh prokuratura hamda “O‘zbekko‘mir” AJ mutasaddilari qatnashdi.
Anjumanda respublika hududidagi konlarda ko‘mir qazib olish jarayonlarini raqamlashtirish, inson omili cheklangan shaffof mexanizmlarni joriy etish, iste’molchilarga (aholi va ijtimoiy soha muassasalari) ko‘mir yoqilg‘isini yetkazib berish jarayonlarini raqamlashtirish orqali korrupsiyaviy omillarni kamaytirish va iste’molchilarga qulayliklar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Qayd etilganidek, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 29-sentabrdagi 551-son qarori asosida “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan 2024 yilda “Aholining ko‘mir mahsulotiga bo‘lgan talabini shakllantirish va ko‘mir qazib olishdan yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirilgan tizimi” – “mycoal.uz” maxsus portali ishlab chiqildi va joriy etildi.
Platformaning asosiy maqsadlari:
‒ Respublika iste’molchilarining ko‘mirga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash va ko‘mir qazib olish va yetkazib berish yillik reja ko‘rsatkichlarini shakllantirish jarayonlarini raqamlashtirish.
‒ Budjet tashkilotlari, aholi iste’molchilari hamda davlat xususiy sheriklik asosida xizmat ko‘rsatiladigan muassasalari tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar ustidan nazorat o‘rnatish.
‒ Qazib chiqarilgan ko‘mirni viloyatlardagi ko‘mir omborlariga temir yo‘l orqali tashish va ko‘mir omborlaridan iste’molchilar tomonidan tashib ketish jarayonlarini raqamlashtirish.
‒ Qazib chiqarilgan va iste’molchilarga yetkazib berilgan ko‘mir hajmlari bo‘yicha hisobotlar va tegishli ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash.
“Mycoal.uz” platforma modullari:
‒ Monitoring moduli
‒ Konlarda ko‘mir qazib olishni nazorat qilish moduli
‒ Omborxonalardagi ko‘mir qoldiqlarini hisob-kitob qilish moduli
‒ Budjet tashkilotlarining ko‘mirga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirish moduli
‒ Aholining ko‘mirga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirish moduli
‒ Davlat xususiy sheriklik asosida xizmat ko‘rsatiladigan muassasalari tomonidan ko‘mirga bo‘lgan talabni shakllantirish moduli
‒ Iste’molchilarga (aholi, budjet, DXSh tashkilotlari) ko‘mir yetkazib berish moduli
‒ Birja savdolari orqali sotib olingan ko‘mirni realizatsiya qilish moduli
‒ Ko‘mir yetkazib berish jarayonlarini GPS treking orqali kuzatish moduli
‒ Tashqi servislar bilan o‘zaro aloqa o‘rnatish moduli
‒ Import ko‘mirga bo‘lgan talabni aniqlash va yetkazib berish moduli
‒ Elektron tarozilar nazorati moduli
‒ Statistika va hisobot ma’lumotlarini yuritish moduli
‒ “mycoal.uz” portalida amalga oshirilgan ishlar.
2024-yilda “mycoal.uz” portali ilk bor ishga tushirilib, ushbu davrda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
‒ 6500 ta (MFY) portalga ulanib, yetkazib beruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida arizalarni tasdiqlash jarayonlari ishga tushirildi.
‒ Aholi iste’molchilarining 1,5 million ta (2,0 million tonna) ko‘mir xaridi uchun arizalari qabul qilindi va tasdiqlandi.
‒ Portal orqali 760 ming tonnadan ortiq ko‘mir aholiga tarqatildi va 230 milliard so‘mdan ortiq pul tushumi ta’minlandi.
‒ “Angren” va “Sharg‘un” ko‘mir konlaridagi jarayonlar avtomatlashtirilib, qazib olingan ko‘mir hajmlari haqida ma’lumotlarni onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi.
‒ “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan ko‘mir mahsulotlarini viloyatlarga yetkazib berish jarayonlari va muddatlarini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati yaratildi.
‒ Iste’molchilarga ko‘mirni o‘lchab berish va tarqatish jarayonida foydalaniladigan omborlardagi tarozilar avtomatlashtirilib, inson omili maksimal darajada cheklandi.
2025-yilda “mycoal.uz” portali yordamida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar:
‒ Budjet tashkilotlari va DXSh asosida xizmat ko‘rsatiladigan muassasalarining arizalarini qabul qilish jarayonlari tegishli vazirlik va idoralar ishtiroki va nazorati ostida amalga oshiriladi.
‒ Aholining ko‘mirga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash maqsadida Telegram bot ishga tushiriladi.
‒ Aholi, budjet tashkilotlari hamda DXSh asosida xizmat ko‘rsatiladigan muassasalarining ko‘mirga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash va yetkazib berish jarayonlari to‘liq “mycoal.uz” portali orqali amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda, aholiga 1,4 million tonna, budjet tashkilotlariga 640 ming tonna, DXSh asosida xizmat ko‘rsatiladigan muassasalariga 240,8 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
Anjumanda jurnalistlarning savollariga atroflicha javoblar berildi.
Ma’lumot uchun: “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan joriy yilda 6,8 million tonna ko‘mir qazib olish va iste’molchilarga 6,76 million tonna mahsulot yetkazish belgilangan.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

"Avtomobil texnologik transporti" filialida “Dolzarb 30 kun” tadbiri bo'lib o'tdi
Xabaringiz bor, joriy yilning 20-may kunidan 20-iyun kuniga qadar Respublikamiz miqyosida yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” tadbirlariga star...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi qabul e’lon qilinadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi qabul e’lon qiladi. Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati bugun, 29-may kuni, soat 15:00dan...
O'qish
"O‘zbekko‘mir" aksiyadorlik jamiyatida onlayn muloqot tashkil etildi
2025-yil 29-may kuni "O‘zbekko‘mir" aksiyadorlik jamiyatining ijro apparatida onlayn muloqot o‘tkazildi. Mazkur tadbir korxona faoliyatiga oid dolzarb masalalarni muh...
O'qish