Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan yillik chora-tadbirlar dasturining ijrosi o'rganildi
Nashr qilingan sana: 31.05.2023 17:17:32Bugun, "Oʻzbekkoʻmir" AJ ijro apparati majlislar zalida jamiyat tizimida Yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan yillik chora-tadbirlar dasturining ijro holati yuzasidan yigʻilish bo'lib o'tdi.
Yoshlar ittifoqi yetakchilar Kengashi raisi Davron Abdurahmonov boshqarib borayotgan yigʻilishda filiallar yoshlar yetakchilarining yanvar-aprel oylarida faoliyati sarhisob qilinib, galdagi vazifalar belgilab olinmoqda. Yigʻilishda filiallar yoshlar yetakchilari amalga oshirilgan ishlar, yutuq va kamchiliklar xususida soʻzlab, hisobot berdilar.
"Shaxta usulida koʻmir qazib olish" filiali yoshlar yetakchisi Zuhriddin Mirashurov:
- Jamoamizda 270 kishi mehnat qiladi, shulardan 40 nafarini oʻttiz yoshgacha boʻlgan yoshlar tashkil etadi.
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etgan edik. Rahbarimiz Jahongir Mutalipov yoshlarni qiziqtirgan juda koʻp muammolarni yozib oldi va ularni imkon boricha ijobiy hal etmoqda.
Filialimizda toʻrt nafar oliy maʼlumotli yigit bir necha yildan buyon oddiy ishchi sifatida ishlab kelayotgan edi. Hozirda ulardan uch nafarining mutaxassisligi boʻyicha lavozimlari oshirildi, biri uchastka boshligʻi, boshqasi texnolog, yana biri kon ustasi lavozimida faoliyat koʻrsatmoqda.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Korrupsiyaga murosasiz munosabatda bo‘laylik!”
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda. Bugun "Temir yo‘l transporti" filiali...
O'qishKo‘mir koniga – zamonaviy kon texnikalari
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘tgan yildan boshlab zamonaviy yangi kon texnialari ola boshladi. “Avtomobil-texnologik transporti” filiali ra...
O'qishFuqaro muhofazasi oyligi tadbirlari
Respbulikamizda 15 martdan 15 aprelgacha “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va Fuqaro muhofazasi oyligi” deb e’lon qilingan edi. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik...
O'qish“O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisining tabrigi
Aziz va muhtaram konchilar, hurmatli kasaba uyushmalari faollari! Bugun butun islom olamida ulugʻ bayram – Ramazon hayiti! Qalblarimiz quvonch va ezgulik nuriga toʻlib...
O'qish