Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan yillik chora-tadbirlar dasturining ijrosi o'rganildi
Nashr qilingan sana: 31.05.2023 07:17:32Bugun, "Oʻzbekkoʻmir" AJ ijro apparati majlislar zalida jamiyat tizimida Yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan yillik chora-tadbirlar dasturining ijro holati yuzasidan yigʻilish bo'lib o'tdi.
Yoshlar ittifoqi yetakchilar Kengashi raisi Davron Abdurahmonov boshqarib borayotgan yigʻilishda filiallar yoshlar yetakchilarining yanvar-aprel oylarida faoliyati sarhisob qilinib, galdagi vazifalar belgilab olinmoqda. Yigʻilishda filiallar yoshlar yetakchilari amalga oshirilgan ishlar, yutuq va kamchiliklar xususida soʻzlab, hisobot berdilar.
"Shaxta usulida koʻmir qazib olish" filiali yoshlar yetakchisi Zuhriddin Mirashurov:
- Jamoamizda 270 kishi mehnat qiladi, shulardan 40 nafarini oʻttiz yoshgacha boʻlgan yoshlar tashkil etadi.
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etgan edik. Rahbarimiz Jahongir Mutalipov yoshlarni qiziqtirgan juda koʻp muammolarni yozib oldi va ularni imkon boricha ijobiy hal etmoqda.
Filialimizda toʻrt nafar oliy maʼlumotli yigit bir necha yildan buyon oddiy ishchi sifatida ishlab kelayotgan edi. Hozirda ulardan uch nafarining mutaxassisligi boʻyicha lavozimlari oshirildi, biri uchastka boshligʻi, boshqasi texnolog, yana biri kon ustasi lavozimida faoliyat koʻrsatmoqda.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi Hurma...
O'qish
“Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahridagi Istiqlol maydonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maz...
O'qish
Xotira va qadr kechasi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-may kuni "O‘zbekko‘mir" AJda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi Angren shahridagi “Zamin-2”...
O'qish
Кorrupsiya qarshi seminar-trening o‘tkazildi
Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelib, barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etadigan illatdir. Us...
O'qish