Ko‘mir sanoati: rivojlanish va istiqbollar
Nashr qilingan sana: 02.04.2025 03:51:24

Ko‘mir ‒ sanoatning harakatlantiruvchisi
Ko‘mir inson yog‘ochdan keyin foydalana boshlagan ilk qazilma yoqilg‘i hisoblanadi. Toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir va lignitning yoshi ularning geologik shakllanish davriga bog‘liq. Olimlarning fikriga ko‘ra, xususan qo‘ng‘ir ko‘mir yoki lignit bir vaqtlar torf qatlamlaridan tashkil topgan bo‘lib, taxminan 50 million yil muqaddam qadimiy suv havzalari tubidagi cho‘kindilarning biokimyoviy parchalanishi natijasida shakllangan. Shu sababli, qo‘ng‘ir ko‘mirga gumusli organika sifatida qaraladi.
Qo‘ng‘ir ko‘mir geologik mezonlar bo‘yicha “yosh” ko‘mir hisoblanib, u to‘liq uglefikatsiya jarayonidan o‘tmagan. Tadqiqotlarga ko‘ra, bir metr ko‘mir qatlamining shakllanishi uchun taxminan 20 metr boshlang‘ich o‘simlik materiallari talab etiladi.
Dunyo bo‘yicha qo‘ng‘ir ko‘mir umumiy ko‘mir zaxirasining 45 foizini tashkil etadi. Bu ko‘mir turi asosan ochiq usulda qazib olinadi va uglerod miqdori pastroq bo‘lgani sababli issiqlik qaytarishi toshko‘mirga qaraganda kamroq bo‘ladi.U rangi tufayli emas, balki yonishdan keyin qolgan kulining burg‘usimon tusi sababli shunday nomlangan. U turli sinflarga bo‘linadi va yonish issiqligi, kuli miqdori, namligi hamda oltingugurt tarkibiga ko‘ra farq qiladi.
Ko‘mirli cho‘kindilar tarkibida turli qimmatli geologik resurslar ham uchraydi. Masalan, Angren ko‘mir konlari tarkibida germaniy ximik elementi yuqori miqdorda topilgan. Shuningdek, bu yerda kaolin turlari, ohaktosh va boshqa foydali qazilmalar ham mavjud. Hozirgi sur’atda ko‘mir qazib olish jarayoni davom etsa, Angren burg‘uch ko‘miridan faqat yoqilg‘i sifatida foydalanish uchun yana 300-400 yil yetarli bo‘lishi kutilmoqda.
Ko‘mir qazib olish – tarix va taraqqiyot
O‘zbekistondagi kon-metallurgiya sanoati rivojlanishining dastlabki bosqichida eng samarali va iqtisodiy jihatdan arzon usul Angren ko‘mir konlarining ochiq ishlab chiqarilishi bo‘ldi. 1948-yili bu yerda ilk bor “Angren” koni ochiq usulda faoliyat boshladi.
Dastlabki yilgi qazib olish jarayonida 1 million kubometr grunt olib tashlanib, yillik ko‘mir ishlab chiqarish hajmi 408,8 tonnaga yetdi. Bu ko‘rsatkich 1978-yilga kelib 8,4 marta oshdi. 1979-yili birgina “Angren” konidan 5,1 million tonna ko‘mir qazib olindi. 2024-yilda esa bu ko‘rsatkich 5,483 million tonnani tashkil etdi. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati bo‘yicha esa 6,7 million tonnadan ziyodroq qattiq yoqilg‘i qazib olishga erishildi.
Kon ishlari va zamonaviy texnologiyalar
“Angren” ochiq konining miqyosini tasavvur qilish qiyin: bu yerda har bir qadam (ustup)ning balandligi 20 metrdan ziyod. Ko‘mirning yuzaga yaqin joylashganligi sababli, bu yerda ochiq usulda ishlash samarali hisoblanadi. Ko‘mir sanoatida “karer” o‘rniga “kesim” (razrez) atamasi ishlatiladi, chunki ish jarayonida kon tubida uzun chuqurlik hosil bo‘ladi.
Kon ishlari maxsus texnikalarsiz amalga oshirilishi mumkin emas. Ilk davrlarda bu yerda yog‘och bilan ishlaydigan “parovoz ekskavatorlar”dan foydalanilgan. Bugungi kunda esa konda ESh-10-70A ekskavatorlari, draglaynlar hamda EKG tipidagi kon ekskavatorlari faoliyat ko‘rsatmoqda. 2021-yili bu yerga yapon ishlab chiqaruvchisining “Hitachi” ekskavatori keltirilgan bo‘lib, u selektiv qazib olish uchun mo‘ljallangan. 2024-yilda esa shunday yana ikki mashina ishga tushirildi.
Yangi rejalar va istiqbollar
O‘zbekistondagi ko‘mir sanoatini rivojlantirish uchun bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Ulardan biri – ishlab chiqarish quvvatini oshirish va eskirgan uskunalarni yangilash. Shu maqsadda temir yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va yangi transport vositalarini xarid qilish rejalashtirilgan.
2024-yilda rejalashtirilgan 6,2 million tonna o‘rniga 6,7 million tonna ko‘mir qazib olindi. 2030-yilga kelib bu ko‘rsatkichni 10 million tonnaga yetkazish maqsad qilingan. Bu uchun 90 tonnali 44 ta “Komatsu» yuk mashinalari, yangi buldozerlar, avtoyuklagichlar va avtogreyderlar xarid qilindi.
Shubhasiz, sohani yanada rivojlantirish, texnologik modernizatsiya va yangi loyihalarni amalga oshirish orqali O‘zbekiston ko‘mir sanoati strategik ahamiyatga ega tarmoqlardan biri sifatida yuksak marralarga erishishi mumkin.
Vladimir Kuznetsov,
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh muhandisi
.jpg)
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Rasmiy: mahalliy ko‘mirning sifat ko‘rsatkichlari yuzasidan tushuntirish berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda aholi ehtiyojlari uchun yetkazib berilayotgan mahalliy ko‘mirning sifat ko‘rsatkichlari yuzasidan turli noto‘g‘ri talqinlar tarqalmoqda. Xususan, ko‘...
O'qish
Ko‘mir sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha haqiqat va manzilsiz tanqidlarga rasmiy munosabat
“XXI asr” gazetasining shu yil 20-noyabrdagi sonida chop etilgan “Gap ko‘p-u, ko‘mir ozmi?!” sarlavhali maqolada aholini ko‘mir bilan ta’minlash masalalari bayon etilgan...
O'qish
Ko‘mir qazib olishda innovasion yondashuvlar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJ va MTTU MISiS Olmaliq filiali o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida jamiyat mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida uchra...
O'qish
Aksilkorrupsiya oyligi doirasida tadbirlar amalga oshirilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida tizimli ishlar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar...
O'qish