Arxitektor (loyiha bo‘yicha) (filial KQ)

Arxitektor (loyiha bo‘yicha) (filial KQ)

Kasb

Arxitektor (loyiha bo‘yicha)

Ish joyi

“O’zbekko’mir”  AJ  “Kapital qurilish”   filiali   Loyihalash guruhi

Oklad

2 675 455 so’m (9-razryad)

Yoshi

25

dan

60

gacha

Ma’lumoti

Oliy,  Arxitektura”, “Bino va inshootlar qurilishi”

Qo’shimcha kvalifikatsiya

AutoCAD dasturida ishlash

Ish tajribasi (staj)

 

Bilishi kerak

Arxitektura sohasidagi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar; obyektlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish bo’yicha uslubiy va normativ hujjatlar; texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni loyihalashtirish va o‘tkazish usullari; loyihalashtirilayotgan obyektlarga talab etiladigan texnik, iqtisodiy, ekologik va boshqa talablar; qurilish materiallari va konstruksiyalarining turlari va xossalari; texnik reglamentlar, qurilish normalari va qoidalari; loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va rasmiylashtirish bo’yicha standartlar, texnik shartlar va boshqa normativ hujjatlar; loyihalashtirilayotgan binolarning tayanch konstruksiyalarini, to’suvchi konstruksiyalarini, harorat rejimini hisoblash usullari; mehnat qonunchiligi asoslari; mehnatni muhofaza qilish va yong’in xavfsizligi qoidalari va normalari.

Ishning tavsifi

Loyihalarning arxitektura-qurilish qismini ishlab chiqadi; loyiha va arxitektura yechimlarini ishlab chiqish uchun topshiriqlar tayyorlashda ishtirok etadi; qabul qilingan texnik qarorlarning to‘g‘riligi nuqtai nazaridan loyiha-smeta hujjatlarini buyurtmachi bilan kelishadi; ishlab chiqilayotgan arxitektura yechimlari, loyihalar va texnik hujjatlarning amaldagi normativlarga, texnik shartlarga, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilish talablariga va ekologik standartlarga muvofiqligini ta’minlaydi; loyiha yechimlarida qoyilgan materiallarning fizik hajmlari to‘g‘riligini nazorat qiladi; loyihalashtirilayotgan obyektlar qurilishi ustidan mualliflik nazoratini amalga oshiradi, oz vakolatiga kiradigan masalalar boyicha maslahatlar beradi.

Ish rejimi

08:00-17:00;  haftalik 5 ish kuni

Maxsus va qo'shimcha shartlar

 

 

 

 

Talab etiladigan hujjatlar

Passport  yoki  ID karta,  diplom, mehnat daftarchasi yoki uning o’rnini bosuvchi hujjat, ma’lumotnoma (obyektivka) ​​​​​​​

Vakansiya uchun ariza berish





Ilova qilinadigan hujjatlar (obyektivka, pasport, diplom, guvohnoma, sertifikatlar va boshqa zarur hujjatlar)




Uzbekcoal.uz yangiliklariiga obuna bo'ling