|
Kasb |
Mehnat bo‘yich iqtisodchi (katta) |
||||
|
Ish joyi |
“O‘zbekko‘mir” AJ “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” filiali |
||||
|
Okladi |
2 492 431 |
||||
|
Yoshi |
|
||||
|
Ma’lumoti |
Oliy va o‘rta maxsus (iqtisod) yo‘nalishi |
||||
|
Qo‘shimcha kvalifikatsiya |
- |
||||
|
Ish tajribasi |
Mehnat bo‘yich iqtisodchisi (katta) lavozim kamida 3 yil |
||||
|
Bilishi kerak* |
Yuqori organlarning qarorlari, farmoyishlari, buyruqlari, mehnatni tashkil etish va ish haqi bo‘yicha uslubiy, normativ va boshqa rahbariy materiallar; mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari; mehnat iqtisodiyoti; iqtisodiyot va ishlab chiqarishni tashkil etish; mehnat va ish haqi, mehnat unumdorligi bo‘yicha istiqbolli va yillik topshiriqlarni ishlab chiqish tartibi, iqtisodiy rag‘batlantirish jamg‘armalaridan foydalanish smetasi; ish haqi va moddiy rag‘batlantirish shakllari va tizimlari; xodimlar sonini aniqlash usullari; ishchilar ishlari va kasblarining tarif-malaka ma’lumotnomalari va xizmatchilar lavozimlarining malaka tavsiflari; ishlarni va ishchilarni tarifikatsiya qilish hamda xizmatchilarning lavozim maoshlari, qo‘shimcha haqlar, ustamalar va ish haqiga koeffitsiyentlar belgilash, mukofotlarni hisoblash tartibi; mehnat va ish haqi bo‘yicha ko‘rsatkichlarni hisobga olish va tahlil qilish usullari; ishlab chiqarish texnologiyasi asoslari; hisoblash texnikasi qoidalari; mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘indan muhofaza qilish qoidalari va normalari. |
||||
|
Ishning tavsifi * |
Korxona va uning bo‘linmalari mehnati va ish haqi bo‘yicha istiqbolli va yillik topshiriqlar loyihalarini ishlab chiqadi. Mehnat resurslaridan eng oqilona foydalanish, xodimlarning xodimlar toifalari va malaka toifalari bo‘yicha to‘g‘ri nisbatini ta’minlash zarurligini hisobga olgan holda ish haqi fondlari va ishlovchilar sonini hisoblaydi, ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashda ishtirok etadi. reja ko‘rsatkichlarini korxona bo‘linmalariga yetkazadi. Mehnatga haq to‘lash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishning amaldagi shakllari va tizimlarini qo‘llash samaradorligini o‘rganadi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi. Asbob-uskunalar, mehnat resurslari va ish vaqtidan foydalanishni yaxshilashni ta’minlaydigan ishchi va xizmatchilarni mukofotlash, moddiy rag‘batlantirish shartlari, kasblar va lavozimlarni birga qo‘shib olib borish, xizmat ko‘rsatish zonalarini va bajarilgan ishlar hajmini ko‘paytirish to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqadi. |
||||
|
Ish rejimi |
08:00-17:00; haftalik 5 ish kuni |
||||
|
Maxsus va qo‘shimcha shartlar |
|
||||
|
Talab etiladigan hujjatlar |
Pasport yoki ID karta, diplom, mehnat daftarchasi yoki uni o‘rnini bosuvchi hujjat, ma’lumotnoma (obyektivka) |