“O‘ZBEKKO‘MIR” AJ: 2025-YILDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
ISHLAB CHIQARISH VA REALIZATSIYA BO‘YICHA: 2025-yilning yanvar-dekabr oylarida kon ustini ochish ishlari 35,8 mln. kub metr yoki prognozga nisbatan 73,4 foiz bajarildi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 127,4 foizni tashkil qildi.
Ko‘mir qazib chiqarish 7 137,1 ming tonna yoki prognozga nisbatan 105,0 foiz (6 800,0 ming tonna) bajarildi. O‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur’ati 105,5 foizni tashkil etdi.
Iste’molchilarga 6 268,8 ming tonna ko‘mir yetkazib berildi, prognozga nisbatan 92,7 foiz (6 761,5 ming tonna) bajarildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,5 foizni tashkil etdi.
Ishlab chiqarish amaldagi narxlarda 1 868,5 mlrd.so‘mga bajarilib, rejaga nisbatan 101,4 foizni tashkil qildi. Ishlab chiqarish taqqoslama narxlarda 1 730,4 mlrd.so‘mni tashkil qilib, rejaga nisbatan 103,4 foizga bajarildi, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,6 foiz.
|
Ko‘rsatkichlar nomlanishi |
O‘lchov birligi |
Prognoz |
Amalda |
+/- |
% |
O‘sish,% |
|
Ishlab chiqarish amaldagi narxlarda |
mlrd.so‘m. |
1 842,5 |
1 868,5 |
25,9 |
101,4 |
104,0 |
|
Ishlab chiqarish taqqoslama narxlarda |
mlrd.so‘m. |
1 673,3 |
1 730,4 |
57,1 |
103,4 |
105,6 |
|
Ko‘mir qazib olish |
ming tonna |
6 800,00 |
7 137,1 |
337,1 |
105,0 |
105,6 |
|
Ko‘mir yetkazib berish |
ming tonna |
6 761,5 |
6 268,8 |
-492,7 |
92,7 |
106,5 |
|
Kon yuzasini ochish |
mln.m3 |
48,8 |
35,8 |
-12,9 |
73,4 |
127,4 |


KO‘MIR TA’MINOTI BO‘YICHA: 2025/2026-yillar kuz-qish mavsumi uchun respublika aholisi va byudjet tashkilotlariga jami 2126,7 ming tonna, shundan aholiga 1 467,7 ming tonna, byudjet tashkilotlari uchun jami 658,7 ming tonna, shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet tashkilotlariga 441,9 ming tonna, (DXSh asosida tadbirkorlik sub’ektlariga 216,8 ming tonna) mahalliy ko‘mir yetkazib berilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 2026-yilning 1-yanvar holatiga aholiga 1 mln 470,5 ming tonna (100 foiz), byudjet tashkilotlariga jami 660,8 ming tonna (100 foiz), shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet tashkilotlariga 445,2 ming tonna (101 foiz), davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida isitish tizimlarini boshqarish uchun jalb qilingan tadbirkorlik sub’ektlariga 215,6 ming tonna (99 foiz) mahalliy ko‘mir ortib yuborildi.
Ushbu ko‘mir mahsulotini respublika hududlarida tegishlicha tarqatish uchun “O‘zbekko‘mir” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan hamkorlikda mahalliy ko‘mir ortib yuborish reja-grafigi qaytadan ishlab chiqildi hamda Bosh prokuratura qoshida tashkil etilgan respublika shtabiga kiritildi.
Aholi va byudjet tashkilotlariga mo‘ljallangan ko‘mir mahsulotini to‘liq va adolatli tarqatishda shaffoflikni ta’minlash uchun “mycoal.uz” elektron platformasi orqali sotish yo‘lga qo‘yilgan.
INNOVATSION LOYIHA VA NATIJALAR. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2025-yil mobaynida innovatsion rivojlanish yo‘nalishida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ushbu ishlar Prezidentimizning “2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 6-iyundagi PQ-307-sonli qarori, shuningdek ushbu hujjatning 5-ilovasida belgilangan “Iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlari tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalar asosida ilmiy va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish” vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan.
Yil davomida jami 8 ta innovatsion loyiha ishlab chiqildi va filiallar uchun samarali qo‘llanildi.
Birinchi loyiha – qazib olishda texnologik transportlarga GPS tizimini o‘rnatish. Bu orqali transportlarning harakatini kuzatish va yoqilg‘i sarfini aniq nazorat qilish imkoni yaratildi. “Duo Pro” XK bilan 27-avgustda shartnoma imzolandi, Komatsu va Belaz o‘ziag‘dargichlariga Teltonika GPS-trekerlari o‘rnatildi. Sinov natijasi shuni ko‘rsatdiki, GPS hisoblagich va an’anaviy yo‘l varaqasi orqali hisoblangan yoqilg‘i sarfi orasidagi farq 0,6%-0,2% ni tashkil etdi, bu esa samaradorlikni sezilarli darajada oshirishga xizmat qilmoqda.
Ikkinchi loyiha – o‘ziag‘dargich texnologik transportlarni radiobog‘lanish tizimi orqali boshqarish. “O‘zbekko‘mir” AJ va “TBS inform” MChJ o‘rtasida shartnoma imzolanib, ochiq konlarda ishlashni yengillashtiruvchi 54 komplekt Kirsun Mobil DMR TM840 (25W) VHF radioaloqasi joriy qilindi. Bu tizim mexanik va o‘ziag‘dargich haydovchilari orasidagi to‘siqlarni yo‘q qilish, ish jarayonini optimallashtirish va xavfsizlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Uchinchi loyiha – ekskavatorning uzun o‘lchamli to‘rtburchak shakldagi o‘qlariga maxsus texnologik uskunalar orqali ishlov berish. Bu uskuna Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodida loyihalashtirildi va ishlab chiqarish jarayonida joriy etildi. Ilgari bunday ishlar boshqa korxonalarda amalga oshirilar, bu esa vaqt va resurslarning ortiqcha sarf qilinishiga sabab bo‘lar edi.
To‘rtinchi loyiha – lokomotivlar uchun motor-o‘qli podshipniklar rezina vtulkasini qo‘yish jarayonini takomillashtirish. Filial mutaxassislari kokil qolip, (MOP), (SAM) sirk, aluminiy, magniy va mis qotishmalaridan foydalanib ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirdilar. Endi filialda lokomotivlar uchun zarur ehtiyot qismlarini o‘zimizda tayyorlash imkoni paydo bo‘ldi.
Beshinchi loyiha – suv isitish qozonxonalaridan chiqadigan zararli gazlarni to‘liq tutib qoluvchi havo tozalash qurilmalarini joriy etish. “Injener texnolog group” MChJ bilan 2-fevralda shartnoma imzolanib, “Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali qozonxonasida 95,5% samaradorlikka ega skruber o‘rnatildi. Bu qurilma yillik 285,57 tonna 2BZR ko‘mir mahsuloti orqali isitish jarayonida atmosferaga chiqarilgan 13,23 tonna zararli gazlarni to‘liq saqlab qoldi.
Oltinchi loyiha – qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida ishlovchi quyosh suv isitish tizimi. “Sher legal profi” MChJ bilan shartnoma tuzildi va TTUSZ filialida tizim joriy etildi. Shu orqali yillik elektr energiyasi iste’moli 92 160 kVt.s o‘atdan 43 200 kVt.s o‘atga kamaydi. Bu ham iqtisodiy, ham ekologiyaviy jihatdan muhim natija.
Yettinchi loyiha – murakkab geologik qavatlarda yuqori aniqlikda burg‘ulash imkonini beruvchi zamonaviy ZEGA D490A burg‘ulash qurilmasi. “The United Label” MChJ bilan shartnoma asosida qurilma “Angren” ko‘mir koniga yetkazildi va iyunda to‘liq ekspluatatsiyaga topshirildi. 2025-yilda burg‘ulash ishlari 26 738 metr bajarildi, bu esa ishlab chiqarish jarayonini sezilarli darajada samaralilashtirdi.
Sakkizinchi loyiha – “Angren” ko‘mir konida quyosh energiyasi asosida ishlovchi LED yoritish tizimi. “Alp Bahori” MChJ bilan shartnoma asosida 50 ta LED yoritgich montaj qilindi va filialning doimiy ekspluatatsiyasiga topshirildi. Aprel-dekabr oylarida iqtisod qilingan elektr energiyasi 104,688 ming kVt/soatni tashkil etdi, bu esa filial uchun katta iqtisodiy samara berdi.
Yil davomida amalga oshirilgan loyihalar ish jarayonini yengillashtirib, xavfsizlikni ta’minlabgina qolmadi, balki inson mehnatini qadrlash va ish samaradorligini oshirishga ham xizmat qildi.
Jamiyatda ilk marta “Yilning eng yaxshi ixtirochi va ratsionalizatori” tanlovi o‘tkazildi. Tadbir doirasida filiallardan 3 nafar xodim eng yuqori o‘rinlarni egalladi va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Ishlab chiqarishdagi muammolarga ilmiy echim topish maqsadida MISIS, Toshkent Davlat transport universiteti, Toshkent Davlat texnika universiteti Olmaluq filiali, Angren universiteti bilan memorandum imzolanib ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Samarqand Davlat universiteti ikki nafar doktorantlari bilan hamkorlikda PhD falsafa fanlari doktori himoya qilindi.
ISH HAQI VA MODDIY RAG‘BATLANTIRISHLAR: 2025-yilda jamiyatda ishchi-xodimlar o‘rtacha soni – 5 615 kishi, ulardan muhandis-texnik xodimlar – 1 121 kishi, ishchilar – 4 494 kishini tashkil qildi.

Jamiyatda 2025-yilda umumiy ish haqi fondi 496 329 426,2 ming so‘mga teng bo‘lib, shundan muhandis-texnik xodimlarga 118 839 788,7 ming so‘m va ishchilarga 377 489 637,5 ming so‘m to‘landi.
O‘rtacha ish haqi 2025-yilda 2024-yildagi 6,3 mln. so‘mdan 7,3 mln. so‘mga (15,9 %) oshdi.
Yil yakunida “O‘zbekko‘mir” AJ da asosiy ko‘rsatkichlar bajarilgani uchun xodimlarga 56 930 564,2 ming so‘m mukofot puli to‘landi. Bayram sanalarida to‘langan rag‘batlantirish pullari 15 374 206,0 ming so‘mni, bir martalik to‘lanadigan mukofot puli 1 690 941,8 ming so‘mni tashkil qildi.

Jumladan, 8-mart – Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan – 1 151 530,0 ming so‘m, Navro‘z bayramiga munosabati bilan 2 187 435,0 ming so‘m, Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan 2 245 405,0 ming so‘m, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2 402 784,0 ming so‘m, 2025-yil yakunida Yangi yil bayrami munosabati bilan mukofot rag‘batlantirish 7 387 052,0 ming so‘m rag‘batlantirish puli to‘landi.

KADRLAR MASALALARI BO‘YICHA: Ko‘mir sanoati korxonalari uchun kadrlar tayyorlash Toshkent Davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat transport universiteti, Jizzax politexnika instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti, Farg‘ona politexnika instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti tomonidan amalga oshirib kelinadi.
2024-yilda Toshkent Davlat texnika universiteti Olmaliq filiali, Farg‘ona politexnika instituti, Angren shahar 1- va 2-sonli kasb-hunar maktablari bilan talabalarning amaliyot o‘tashlari bo‘yicha shartnomalar imzolangan.
Hisobot yilida jamiyatda 857 nafar xodimning malakasi oshirildi.
Ishchi-xodimlarni lavozimdan lavozimga (boshqa ishga) o‘tkazish va rotatsiya qilish, “O‘zbekko‘mir” AJning 2023-yil 31-avgustdagi 349-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, yo‘lga qo‘yilgan.
Ishga qabul qilish va boshqa lavozimga o‘tkazish bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan shaffoflik, xolislik va oshkoralik asosida amalga oshirish maqsadida fuqarolar murojaatlari “O‘zbekko‘mir” AJning internetdagi rasmiy veb-sayti (www.uzbekcoal.uz) orqali onlayn qabul qilish yo‘lga qo‘yildi.
Jamiyat va uning tarkibiy bo‘linmalariga yil davomida 330 ta bo‘sh o‘rinlarga 62 ta tanlov o‘tkazildi. Jumladan, 4-chorak davomida 115 ta bo‘sh ish o‘rinlariga 20 ta tanlov tashkil etilib, ushbu tanlovlar bo‘yicha 2563 nafar nomzod hujjat topshirdi, ushbu nomzodlarning 1732 nafari malaka talablariga mos kelmaganligi sababli, 716 nafari esa test sinovlaridan o‘ta olmaganligi hamda imtihonlarga kelmaganligi tufayli rad etildi.
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA:
1. Umumiy ma’lumot. 2025-yil 31-dekabr holatiga jamiyatda 5896 nafar xodim faoliyat yuritdi. Barcha xodimlar manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha deklaratsiya topshirdi. Tahlil natijasida 43 ta ehtimoliy holat aniqlanib, 16 tasi bartaraf etildi, 27 tasi bo‘yicha ogohlantirish xatlari yuborildi. 4 nafar xodimning tadbirkorlik faoliyati yuritgani bo‘yicha materiallar Odob-axloq komissiyasiga kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF–71-son Farmoni va PQ–147-son qarori ijrosi doirasida ichki nazorat tuzilmasi qayta tashkil etildi, filiallarda qo‘shimcha shtatlar joriy qilindi.
2. Ichki hujjatlar. Jamiyatda korrupsiyaga qarshi 16 ta ichki me’yoriy hujjat qayta ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Komplaens xizmati faoliyatini tartibga soluvchi nizom va lavozim yo‘riqnomalari qabul qilindi.
3. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash. Markaziy apparat va 11 ta filialda 41 ta funksiya bo‘yicha baholash o‘tkazildi. Natijada 11 ta funksiya “yuqori”, 15 ta funksiya “o‘rta” xavf darajasida deb topildi. “E-anticor.uz” platformasiga ma’lumotlar joylashtirildi. Xavfi yuqori lavozimdagi xodimlar maxsus o‘quv kurslarini tamomladi.
4. Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish. Barcha filiallarda seminar va davra suhbatlari o‘tkazildi, anonim so‘rovnomalar yo‘lga qo‘yildi. Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
5. Shartnomalar va kontragentlar nazorati. 2025-yilda 2282 ta shartnoma tuzildi. 194 ta shartnoma tanlov va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibda o‘rganilib, ijobiy xulosa berildi. Ayrim shartnomalarda korrupsiyaga qarshi bandlar mavjud emasligi aniqlanib, mas’ullarga ogohlantirish berildi. Barcha mehnat shartnomalariga tegishli qoidalar kiritilgan.
6. Nomzodlarni tekshirish. Bo‘sh ish o‘rinlariga qabul tanlov asosida amalga oshirildi. Nomzodlar ochiq ma’lumotlar bazasi orqali tekshirildi.
7. Ta’lim va targ‘ibot ishlari. Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda 61 nafar xodim o‘qitildi, 37 nafari maxsus sertifikat oldi. 42 ta profilaktik tadbir o‘tkazildi. Jamiyat rahbariyatining korrupsiyaga qarshi murojaati e’lon qilindi. 2025-yil 28-may kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida raqamlashtirish va “mycoal.uz” platformasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
8. Murojaatlar va xizmat tekshiruvlari. Hisobot davrida 88 ta murojaat ko‘rib chiqildi (24 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali). “Angren ko‘mir koni” filialida 1 holatda manfaatlar to‘qnashuvi aniqlanib, xodim boshqa filialga o‘tkazildi. “Temiryo‘l transporti” filialida 329,2 mln so‘m zarar aniqlanib, mablag‘ undirildi, aybdor lavozimidan chetlatildi.
9. Xulosa. 2025-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha reja asosida tizimli ishlar amalga oshirildi. Ichki nazorat kuchaytirildi, xavf-xatarlar xaritasi shakllantirildi va amaliy choralar ko‘rildi.
10. Takliflar:
– Shartnoma majburiyatlarini muntazam buzgan yetkazib beruvchilarni elektron platforma orqali “qora ro‘yxat”ga kiritish mexanizmini soddalashtirish;
– Manfaatlar to‘qnashuvini barvaqt aniqlash uchun davlat axborot tizimlaridan foydalanish vakolatini kengaytirish;
– Ishga qabul jarayonida sudlanganlik va boshqa ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini takomillashtirish.
MUROJAATLAR TAHLILI – OCHIQLIK VA SAMARADORLIK KO‘RSATKICHI.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tizimi doimiy nazorat va tahlil asosida olib borilmoqda. 2025-yil davomida jamiyatga jami 1531 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, bu xalq bilan muloqot mexanizmi samarali yo‘lga qo‘yilganidan dalolat beradi.
Murojaatlarning 633 tasi yozma, 539 tasi og‘zaki va 359 tasi elektron shaklda qabul qilingan. Ulardan 1468 tasi jismoniy shaxslar, 63 tasi yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan.
Kelib tushgan murojaatlarning 1237 tasi ijobiy hal etilgan, 219 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan, 75 tasi esa amaldagi qonunchilikka muvofiq rad etilgan. Bu ko‘rsatkichlar murojaatlarni ko‘rib chiqishda tizimli yondashuv va qonuniylik tamoyillari ustuvor ekanini ko‘rsatadi.
Mazmun jihatidan murojaatlar turli yo‘nalishlarni qamrab olgan. Jumladan, mehnat munosabatlari bo‘yicha 150 ta, oylik ish haqi masalalari bo‘yicha 72 ta, ko‘mir ta’minoti bo‘yicha 299 ta murojaat kelib tushgan. Homiylik va moddiy yordam masalalari 587 ta murojaatni tashkil etgan. Shuningdek, 8 ta holatda rahbarlarning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlar qayd etilgan. Boshqa masalalar bo‘yicha 415 ta murojaat ko‘rib chiqilgan. 296 ta murojaat virtual qabulxona orqali kelib tushgan.
Jamiyatda xalq bilan muloqotni yanada yaqinlashtirish maqsadida har oyda bir marta onlayn chat tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu ochiq muloqot maydonida ishchi-xodimlar, iste’molchilar va hamkorlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalarni bevosita rahbariyatga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Natijada muammolar o‘z vaqtida aniqlanib, tezkor va manzilli yechimlar ko‘rilmoqda.
Murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ochiqlik, shaffoflik va tezkorlik tamoyillariga asoslangan ish uslubi jamiyat faoliyati samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. “O‘zbekko‘mir” AJda murojaatlar bilan ishlash nafaqat qonun talabini bajarish, balki aholi va hamkorlar ishonchini mustahkamlashning muhim omili sifatida qaralmoqda.
AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA:
2025-yil davomida “O‘zbekko‘mir” AJda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, axborot xavfsizligini mustahkamlash hamda zamonaviy IT-infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
1. IT infratuzilma holati
Jamiyatda 466 komplekt kompyuter texnikasi amalda foydalanilmoqda. Barcha tarkibiy tuzilmalarda mahalliy kompyuter tarmoqlari (LAN) faoliyat yuritmoqda hamda jamiyat korporativ ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga integratsiyalashgan.
“O‘zbektelekom” AK orqali 100 Mbit/s gacha tezlikda tashqi internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, ulanish punktlari soni 8 tani tashkil etadi.
Tarkibiy tuzilmalarda 322 nafar internet foydalanuvchisi mavjud bo‘lib, ular internet tarmog‘i hamda bank-mijoz elektron to‘lov tizimidan foydalanmoqda.
IT INFRATUZILMA KO‘RSATKICHLARI
(Matnning bu qismi davomida IT infratuzilma ko‘rsatkichlariga oid aniq raqamlar yoki ma’lumotlar keltirilishi kutilmoqda.)
|
Ko‘rsatkich nomi |
O‘lchov birligi |
2025-yil holati |
|
Kompyuter texnikasi |
dona |
466 |
|
Internet tezligi |
Mbit/s |
100 gacha |
|
Ulanish punktlari |
dona |
8 |
|
Internet foydalanuvchilari |
nafar |
322 |
|
Videokuzatuv obyektlari |
ta |
24 |
|
Videokuzatuv kameralari |
dona |
150+ |
|
SED foydalanuvchilari |
nafar |
200 |
|
“IJRO” tizimi foydalanuvchilari |
nafar |
6 |
2. Elektron hujjat aylanishi va korporativ aloqa
Jamiyatda korporativ elektron pochta tizimini shakllantirish maqsadida coal.uz domeni tashkil etildi.
Ofis boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish, hujjatlarni elektron shaklda qayd etish va nazorat qilish maqsadida PEGAS elektron hujjat boshqaruv tizimi (SED) 200 nafar foydalanuvchi uchun joriy etildi.
‒ “IJRO” idoralararo elektron hujjat aylanishi tizimidan 6 nafar foydalanuvchi ERI kalitlari asosida kriptografik himoya imkoniyatidan foydalangan holda foydalanmoqda.
‒ Uchinchi tomon tashkilotlari bilan elektron hujjat almashinuvi E-XAT tizimi orqali amalga oshirilmoqda.
3. Ishlab chiqarish va boshqaruv tizimlarini raqamlashtirish
‒ “Angren konida ishlab chiqarishni markazlashtirilgan dispetcherlik nazorati”ning avtomatlashtirilgan axborot tizimi SCADA darajasi bilan integratsiyalashgan holda MES darajasida ishlamoqda.
‒ ERP tizimining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli joriy etilib, quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oldi:
ERP tizimi funksionalligini kengaytirish bo‘yicha ikkinchi bosqich uchun texnik topshiriq ishlab chiqildi.
Korxonani raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqish uchun texnik shartlar tasdiqlandi.
Ko‘mir mahsulotlarini sotish sohasida onlayn to‘lov imkoniyatlari bilan integratsiyalashgan interaktiv xizmatlar portalini yaratish bo‘yicha modernizatsiya ishlari davom ettirilmoqda.
4. Axborot xavfsizligi va texnik barqarorlik
Jamiyatga qarashli 24 ta obyektga 150 dan ortiq videokuzatuv kameralari o‘rnatildi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida:
‒ Litsenziyalangan operatsion tizimlar va antivirus dasturlarini xarid qilish;
‒ Ilgari joriy etilgan axborot tizimlari uchun texnik yordamni tashkil etish;
‒ ATS-4 va ATS-2 server xonalari uchun zaxira quvvat manbai yaratish;
‒ AKT sohasini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash;
‒ Yangi axborot tizimlarini joriy etish samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlar rejalashtirilgan va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
5. Umumiy xulosa
2025-yilda “O‘zbekko‘mir” AJda AKT infratuzilmasini mustahkamlash, elektron hujjat aylanishini kengaytirish, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kompleks ishlar amalga oshirildi.
Jamiyatda boshqaruv, moliyaviy hisob, dispetcherlik nazorati hamda hujjat aylanishi jarayonlarida raqamli texnologiyalarni qo‘llash ko‘lami kengaydi va tizimli raqamli transformatsiya jarayoni davom ettirilmoqda.
OCHIQLIKNI TA’MINLASH SOHASIDA
2025-yil davomida “O‘zbekko‘mir” AJ faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida 6 ta matbuot tadbiri o‘tkazildi.
‒ 18-fevral kuni “Angren” ko‘mir koniga, 8-avgust kuni Sirdaryo viloyati ko‘mir omborlariga press-turlar tashkil etildi.
‒ May oyida AOKda jamiyat faoliyatiga bag‘ishlab matbuot anjumani tashkil etildi. Unda ko‘mir mahsulotini qazib olishdan tortib iste’molchiga yetkazishgacha bo‘lgan jarayon Mycoal.uz platformasi bilan tanishtirildi.
‒ Shu bilan birga, uch marta brifing va bir marta “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Yil davomida bosma va elektron nashr hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan 21 ta tanqidiy materialning barchasiga munosabat bildirildi. Xususan, Kun.uz sayti va “XXI asr” gazetasidagi chiqishlarga javob berildi.
Xorijiy OAV bilan ham hamkorlik mustahkamlandi. Jumladan, Rossiyada nashr etiladigan “Globus: geologiya va biznes” jurnalida 2025-yil davomida jamiyat faoliyati va ko‘mir sanoatiga oid 9 ta maqola chop etildi. Shu jumladan, bosh muhandis Vladimir Kuznetsov, jurnalist Diana Andreyeva va matbuot kotibi Ne’mat Dushayevning maqolalari misol bo‘la oladi. Bu maqolalarda Jamiyatning yangi platformalari, sanoatdagi islohotlar va ishlab chiqarish natijalari keng yoritildi.
Ijtimoiy tarmoqlar ochiqlik va jamoatchilik bilan aloqani ta’minlashda faol rol o‘ynadi. Telegram, Facebook, Instagram va Twitter platformalarida xabarlar muntazam joylashtirildi.
Shu bilan birga, jamiyatning sohaviy nashri – “O‘zbekko‘mir” gazetasining 8 ta soni chop etildi va tarqatildi.