Avtoulovlarni maxsus ruxsatnomasiz koʻmir koni hududiga kiritish mumkin emas
Nashr qilingan sana: 07.11.2023 07:50:08“Oʻzbekkoʻmir" AJ video kuzatuv xizmatining maʼlum qilishicha, 2023 yilning 17 oktyabr kuni soat 10:42 da maxsus ruxsatnomaga ega boʻlmagan davlat raqam belgisi 01 298 QHA boʻlgan avtotransport vositasi 47-boʻlim qoʻriqlash xizmati xodimi N.D. ushbu avtomashina haydovchisidan 50 ming soʻm pora olayotgani va hech qanday qarshiliksiz korxona hududiga kiritib yuborganligi holati videotasvirda muhrlanib qolgan.
Ushbu holat yuzasidan jamiyat korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan ichki tartibda oʻrganishlar olib borildi va masala muhokama etilib, 24.06.2016 yildagi mehnat shartnomasiga korrupsiyaga qarshi kiritilgan shartlar boʻyicha qoʻshimcha kelishuv talablarini qoʻpol ravishda buzgani uchun N.D. bilan mehnat shartnomasini bir tomonlama bekor qilish boʻyicha taklif berildi.
Ishga doir toʻplangan dalil va hujjatlar huquqiy baho berish uchun Toshkent viloyati Angren shahar ichki ishlar bosh boshqarmasiga yuborildi.
“Oʻzbekkoʻmir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
27 TA XIZMAT AVTOMOBILI HARAKATLANMADI, 848 KUB METR GAZ TEJALDI
Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish, atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdorini kamaytirish va aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltiris...
O'qish
SPORT – SOG‘LOM JAMOA VA YUQORI NATIJALAR GAROVI
Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bu bejiz e...
O'qish
G‘OYANGIZ BORMI? UNDA TANLOVDA IShTIROK ETING!
Ko‘mir sanoati doimiy izlanish, yangilanish va innovatsion yondashuvlarni talab qiladigan sohalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ishlab chiqarish samaradorligini oshi...
O'qish
JAMOATCHILIK KENGASHI A’ZOLIGIGA OCHIQ TANLOV E’LON QILINADI
“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibiga a’zolarni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi. ℹ️ Tanlov maqsadi: Jamiyat faoliyati ustidan jamoatchi...
O'qish