Kogon tumani ko'mir omborida nazorat tadbiri o'tkazildi
Nashr qilingan sana: 25.11.2023 07:47:36Arzonlashtirilgan mahalliy koʻmir yetkazib berilishi ishchi guruh nazoratida
Xabaringiz bor, "Oʻzbekkoʻmir" AJga qarashli "Koʻmir taʼminot" MCHJ hududiy filiallarida Bosh direktor tomonidan tasdiqlangan ishchi guruh korrupsiyaning oldini olish maqsadida tadbirlar oʻtkazib kelmoqda.
Navbatdagi nazorat tadbiri "Koʻmir taʼminot" MCHJ Buxoro viloyat filialining Kogon koʻmir omborida oʻtkazildi. Omborda xaridorlarga xizmat koʻrsatishning ahvoli oʻrganildi, ombor masʼul xodimlari va mahalliy fuqarolar bilan suhbat olib borildi.
Jarayonda filial va koʻmir omborlari masʼul xodimlari tomonidan korrupsion holatlarni keltirib chiqaruvchi omillar yetarli oʻrganilmaganligi, xodimlar bilan korrupsiyaga qarshi suhbatlar muntazam oʻtkazilmaganligi, koʻrgazmali targʻibot vositalari ham javob bermasligi aniqlandi va ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur koʻrsatmalar berildi.
Shu bilan birga, koʻmir ombori masʼul xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga korrupsiyaga qarshi kurashga oid bandlar kiritish toʻgʻrisida "Qoʻshimcha kelishuv"ning mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirilib, aholiga moʻljallangan koʻmirni talon-taroj qilish, sunʼiy oshirilgan narxda sotish kabi holatlarga yoʻl qoʻyish javobgarlikka sabab boʻlishi haqida qatʼiy ogohlantirildi.
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘‘mir” 2025-yil natijalari: Innovatsiya, shaffoflik va samaradorlik
2025-yil “O‘zbekko‘mir” aksionerlik jamiyati uchun o‘ta samarali va innovatsiyalarga boy yil bo‘ldi. Jamiyatda konchilik sohasidagi ishlab chiqarish, ko‘mir yetkazib...
O'qish
Hamkorlik – ilmiy yechimlar sari muhim qadam
2026-yil 26-fevral kuni “O‘zbekko‘mir” AJ katta faollar zalida jamiyat mutaxassislari hamda NITU MISiS professor-o‘qituvchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur t...
O'qish
Stol tennisi va badminton bo‘yicha sport musobaqalari yakunlandi
Jamiyatimiz filiallari o‘rtasida o‘tkazilgan stol tennisi hamda badminton musobaqalari qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib...
O'qish
Yangi farmon doirasidagi metrologiya islohotlari
O‘zbekistonda texnik tartib-qoidalar sohasida tizimli islohotlarning yangi bosqichi boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningg “Texnik jihatdan tartibga solish s...
O'qish