MATBUOT KOTIBINING RASMIY BAYONOTI
Nashr qilingan sana: 13.12.2023 01:04:36“O‘zbekko‘mir” AJ: o‘n bir oylik natijalari
Yanvar-noyabr oylarida kon ustini ochish ishlari 21,1 mln. kub metr yoki prognozga nisbatan 93,3 foiz bajarildi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 129,4foizni tashkil qildi.
▪️Ko‘mir qazib chiqarish 5 424,7 ming tonna yoki prognozga nisbatan 100,5 foiz (5 399,3 ming tonna) bajarildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 119,0 foizni tashkil etdi.
▪️Iste’molchilarga 4 850,4 ming tonna ko‘mir yetkazib berildi va prognoz reja 101,9 foiz (4 759,4 ming tonna)ga bajarildi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,9 foizni tashkil qildi.
▪️Ishlab chiqarish amaldagi narxlarda 1 358,5 mlrd.so‘mga ( rejaga nisbatan 99,3 foiz)ni, ishlab chiqarish taqqoslama narxlarda 1 217,7 mlrd.so‘m (101,2 foiz)ga bajarildi.
▪️Mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 5,0 mlrd. so‘mlik tog‘-kon uskunalarining ehtiyot qismlari va yer osti uskunalari o‘zlashtirildi, va reja 106,9 foizga uddalandi.
▪️O‘n bir oylik yakuniga ko‘ra debitor qarzdorlik 434,0 mlrd. so‘mni, kreditor qarzdorlik 300,6 mlrd. so‘mni 127,7 foizni tashkil qildi.
Jamiyatda yil oxirigacha 24,3 mln. kub metr hajmda kon ustini ochish ishlarini amalga oshirish, ko‘mir qazib chiqarishni 5 800,0 ming tonnaga yetkazish kutilmoqda.
Ne'mat Dushayev
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati rahbari
Oxirgi yangiliklar:
Onlayn muloqot oʻtkaziladi
📣Diqqat, e'lon! Joriy yilning 26-avgust kuni, soat 12:00 "O‘zbekko‘mir" AJda sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarning murojaatlarini tingl...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi yangi qoidalar: endi nimalarga e’tibor berish kerak?
Xabaringiz bor, korrupsiyaga qarshi kurashishda talablar yanada kuchaytirildi. 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qars...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish