Andijon viloyatida davra suhbati oʻtkazildi
Nashr qilingan sana: 17.11.2023 09:36:11Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni oldidan 17-noyabr kuni, "Ko'mirtaminot" MChJning Andijon viloyati filialida "O'zbekko'mir" AJ korrupsiyaga qarshi kurash komplayens nazorat tuzilmasi, viloyat hokimligi masullari, mahalla raislari va hududlardagi ko'mir ombori mudirlari ishtirokida ta'magirlik, pora berish kabi korrupsion harakatlarni oldini olish mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatining avvalida "Koʻmir taʼminot" MChJning Andijon viloyati filialiga yangi tayinlangan rahbar suhbat qatnashchilariga tanishtirildi.
Jamiyat komplayens nazorat xizmati tashkil etgan davra suhbatida korrupsiya holatlari davlat organlari faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi alohida taʼkidlandi. Xususan, “Koʻmir taʼminot” MCHJning Andijon viloyat filiali tasarrufidagi Andijon tumani, Andijon shaxri va Jalaquduq tumani koʻmir ombori mudirlari kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga moʻljallangan koʻmirni goʻyoki fuqarolar olganligi toʻgʻrisida soxta maʼlumotlar tayyorlab, koʻmirni naqd pulga sotib, shaxsiy manfaatlari yoʻlida talon-toroj qilgan. Sohada kuzatilayotgan ayrim taʼmagirlik xolatlari tanqidiy tahlil qilindi. Qonunchilikda korrupsiya jinoyatiga belgilangan jazo choralari yana bir bor eslatib o'tildi.
Ishchi guruhi viloyat rahbariyati va hududiy ko'mir omborlar mudirlariga ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga korrupsiyaga qarshi kurashga oid bandlar kiritish toʻgʻrisida "Qoʻshimcha kelishuv" ning mazmun mohiyatini atroflicha tushuntirib o'tildi. Filialning mutasaddi raxbarlari, hududiy ko'mir omborlari mudirlariga aholiga ko'mir tarqatishda belgilangan jadvalga qa'tiy amal qilish va sustkashlikka yo'l qo'ymasliklari haqida tegishli ko'rsatmalar berildi.
Suhbat soʻngida ishtirokchilar mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Beshariqda ro‘yxatga olish bo‘yicha navbatdagi seminar tashkil etildi
Ma’lumki, jori yilning 15-yanvar-28-fevral kunlari mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri o‘tkaziladi. Bu tadbir aholi va qishloq...
O'qish
Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A.M. Qayumovning bayram tabrigi
Sizlarni kirib kelayotgan 2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman. Jamiyatimizda yakunlanayot...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori N.U. Dusmatovning bayram tabrigi
Hurmatli ko‘mir sanoati xodimlari va faxriylari, aziz hamkasblar! Yakunlanayotgan yil mamlakatimiz ko‘mir sanoati uchun barqaror o‘sish va muhim natijalar bilan y...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: korrupsiyaga qarshi islohotlar yangi bosqichda
Korrupsiya jamiyat va iqtisodiyot rivojiga jiddiy to‘siq bo‘luvchi, davlat boshqaruvi samaradorligiga putur yetkazuvchi xavfli illat sifatida mamlakatimizda davlat si...
O'qish