The republican spartakiade of mine rescuers has started in Angren
Publication date: 23.09.2024 03:10:09

Bugun, 23-sentabr kuni Angren shahrida kon-qutqaruvchilar respublika spartakiadasiga start berildi.
Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv Shtabi tashabbusi bilan ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan ushbu respublika spartakiadasi Ayni paytda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati sport-sog‘lomlashtirish bazasida o‘tkazilmoqda.
Sport tadbirini Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv Shtabi boshlig‘i Murodjon Abdiev kirish so‘zi bilan ochib berdi va ishtirokchi jamoalarga musobaqalarda muvaffaqiyatlar tiladi. Shundan so‘ng respublikamiz yirik sanoat korxonalaridan tashrif buyurgan sport jamoasi jamoalari ommaviy sportning futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat hamda pit-kross turlari bo‘yicha musobaqalarga start berildi.
23-25-sentabr kunlariga belgilangan spartakiadaning dastlabki kunida “O‘zbekko‘mir” AJ korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi 2-Alohida kon-qutqaruv vzvodi futbol jamoasi Navoiy KMKning Qizilqum kon boshqarmasi “Qoraqo‘ton” jamoasiga qarshi maydonga tushib, raqibini 2:1 hisobida mag‘lub etdi va o‘yinlarning boshidayoq muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Latest news
Briefing: 1,782.6 thousand tons of domestic coal were delivered to consumers
Read
Media Attention: “Uzbekcoal” JSC to hold briefing on Q1 results and transformation processes
Read
Uzbekcoal JSC Transformation: Procurement Processes to Be Digitalized, ESG Principles to Be Implemented
Read