Davlat mulkiga ko‘z olaytirmang
Nashr qilingan sana: 26.12.2023 00:26:17“O‘zingiznikiga g‘amxo‘rlik qiling, boshqa birovnikiga tegmang!” – “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Qo‘riqlash xizmati 47-sonli bo‘limi xodimlarining shiori shunday.
Ikki yuzdan ortiqroq xodimni birlashtirgan bo‘lim jamoasi ko‘mir sanoati korxonalari hududini kechayu kunduz nazorat qilib, davlat mulkini o‘g‘irlashning oldini olish, qonunbuzarlarni ushlash faoliyati bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, bo‘limning tayanchini tashkil etuvchi mobil guruhlar xodimlari hujjatlarni tekshiradi, hududga kirib-chiqish qatʼiy rejimiga rioya etishni nazorat qiladi, ish joyida mehnat intizomi va xavfsizlik qoidalari buzilsa, bunday holatlarni qayd etadi, ko‘mir mahsulotlari, dizel yonilg‘isi va yoqilg‘i-moylash materiallari, asbob-uskunalar o‘g‘irlashga urinishlarga chek qo‘yadi, shuningdek yuk ortilgan vagonlarni ko‘mir yig‘ish punktigacha kuzatib boradi.
– Qo‘lingizni birovning cho‘ntagiga solib qo‘yish odati ayrim fuqarolarning maʼnaviy nopokligini ko‘rsatadi. Afsuski, bundaylar ko‘mir qazib oluvchi korxonalar xodimlari orasida ham bor, – deydi Qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i Ermek Kulakov. – Qattiq yoqilg‘i eng ko‘p o‘g‘irlanadigan joy “Apartak” koni bo‘lib, o‘g‘irlik asosan uning atrofidagi qishloqlar aholisi hissasiga to‘g‘ri keladi.
Suhbatdoshimizning aytishicha, ko‘mir o‘g‘rilari ancha ayyor va topqir bo‘lib, ko‘pincha ayollar va bolalardir. “Qoida”ga ko‘ra ular qorong‘i tushganida qalin simdan to‘qilgan savatlar bilan konga kelishadi. Ko‘mir solingan savatlar eshaklarga yuklanadi. Eshaklar ajoyib xotiraga ega aqlli hayvonlardir, ular hatto qorong‘uda ham o‘z uylarini adashmay topib borishadi.
Afsuski, huquqbuzarlar o‘g‘irlik ko‘mirni uy hayvoniga yuklab, o‘zlari panada bo‘ladilar. Mobil guruhlar va qo‘riqlash postlari xodimlari ularning ochiq tajovuzlariga ham duch kelishmoqda. Huquqbuzarlarning tanobini torti qo‘yish, ularni fosh qilishda shahar huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik yaxshi samara bermoqda.
Joriy yilning yanvar oyidan buyon davlat mulkini, birinchi navbatda, ko‘mir mahsulotlarini o‘g‘irlash bilan bog‘liq 123 ta holat aniqlanib, qo‘lga olinganlarning ishi “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati maʼmuriyati tomonidan shahar huquqni muhofaza qilish organlariga o‘tkazilgan. Natijada 78 ming 290 kg qattiq yoqilg‘i aksiyadorlik jamiyatiga qaytarildi, 50 holatda dizel yonilg‘isi va yoqilg‘i-moylash materiallarini o‘g‘irlashga urinishning oldi olinib, 6 ming 704 litr yonilg‘i ortga qaytarildi. Tovar-moddiy boyliklarni o‘zlashtirishga qaratilgan 29 ta harakatning oldi olindi.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati sanoat zonasi chegarasining uzunligi juda katta bo‘lib, uni to‘liq to‘sib qo‘yishning iloji yo‘q. Lekin videokuzatuv tizimi muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgan. O‘rnatilgan kameralar yordamida yirik va mayda shoxli hayvonlarning ruxsat etilmagan va baʼzan xavfli joylarda o‘tlash holatlari qayd etilmoqda. Ochiq va yopiq konlar hududida qoidabuzarliklar ham asosan qayd etilgan videomateriallar asosida aniqlanmoqda.
Ish samaradorligini oshirish maqsadida qo‘riqchilar mobil va statsionar aloqa vositalari, yer usti transport bo‘linmalari, qo‘riqlash minoralari, yoritish tizimi bilan taʼminlangan. Aksiyadorlik jamiyati maʼmuriyati tomoni Qo‘riqlash xizmati faoliyatini takomillashtirishga katta eʼtibor qaratmoqda. Moddiy-texnik baza mustahkamlanmoqda, xodimlar ish haqi o‘z vaqtida to‘lanib, boshqa rag‘batlantirish choralari ham ko‘rilmoqda. Bu esa Qo‘riqlash xizmati faoliyatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatmoqda.
Diana ANDREYEVA
Oxirgi yangiliklar:
Konferensiya: Jamoa shartnomasi ijrosi muhokama qilindi
2026-yilning 17-aprel kuni Unda jamiyat tizimidagi korxonalardan saylangan delegatlar, jamiyat rahbariyati, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari, mutaxassislar hamda...
O'qish
Brifing: iste’molchilarga 1 million 782,6 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026-yilning yanvar–mart oylarida iste’molchilarga 1 million 782,6 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi. Bu boradagi reja 1...
O'qish
OAV vakillari diqqatiga: “O‘zbekko‘mir” AJda I chorak yakunlariga bag‘ishlangan brifing
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026 yil “yanvar–mart oylari yakunlari hamda jamiyatda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari” mavzusida brifing o‘tkazi...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ transformatsiya: xarid jarayonlari raqamlashtiriladi, ESG tamoyillari joriy qilinadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xarid jarayonlarini yanada ochiq, tushunarli va samarali qilish maqsadida KPMG xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan keng qamrov...
O'qish