Iste’molchi ko‘mir xarid qilayotganida mahsulotning sifat guvohnomasini talab qilish huquqiga ega
Nashr qilingan sana: 23.10.2023 08:00:53Ijtimoiy tarmoqda Qo‘rg‘ontepa tumani ko‘mir omborida ko‘mir olish uchun tartibsizliklar yuzaga kelayotgani hamda ko‘mirning sifati pastligi tanqid qilingan xabarga “Ko‘mir ta’minot MCHJ Andijon viloyati filiali rahbari A.Abdullayevdan quyidagi mazmundagi javob xati xati olindi:
“Ushbu tanqidiy chiqish joyiga chiqib o‘rganilganida haqiqatdan ham 19-, 20-, 21 oktyabr kunlari mazkur ko‘mir omborida sun’iy navbatlar yuzaga kelganligi aniqlandi.
Qo‘rg‘ontepa tumanida aholiga kuz-qish mavsumi uchun 26 ming 950 tonna arzonlashtirilgan mahalliy ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan. 23 oktyabr holatiga tuman ko‘mir omboriga 12 ming 350 tonna ko‘mir kirim qilinib, shuning 10 ming 830 tonnasi tuman aholisiga tarqatilgan.
Omborga tumandagi 89 ta MFY biriktirilgan bo‘lib, ko‘mir tarqatish jarayonida sun’iy navbatlarning olish maqsadida tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan jadvalga amal qilinadi. Masalan, haftaning dushanba kuni 33 MFY, seshanba kuni 28 MFY, chorshanba kuni 28 MFY aholisiga ko‘mir tarqatiladi va hokazo.
Qo‘rg‘ontepa ko‘mir omboriga 19-, 20- va 21 oktyabr kunlari kirim qilingan 1 ming 35 tonna ko‘mir mahsuloti “Moʻtabar ona savdo 077” MCHJ DXSH tashkilotiga mo‘ljallangani va yoqilg‘i faqat ana shu tashkilotga tarqatilgani, aholiga ajratilgan ko‘mir zaxirasi bo‘lmaganligi sababli sun’iy navbatlar oshib ketib, tartibsizliklar yuzaga kelgan.
MFYlar va aholi iste’molchilari o‘rtasida bilan yetarli targ‘ibot ishlari olib bormagani, xususan omborda zaxira bor-yo‘qligi haqida ularni oldindan ogohlantirmagani uchun Ko‘rg‘ontepa tuman ko‘mir ombori rahbari U.Zakirov ogohlantirildi.
Aholi iste’molchilariga mo‘ljallangan mahalliy ko‘mirning sifat ko‘rsatkichlari quyidagicha: markasi ‒ 2BZR, bo‘laklar o‘lchami ‒ 25-500 mm., namligi ‒ 40 foizgacha, kulchanligi ‒ 17-25 foizgacha bo‘lishi shart. Yoqilg‘ining ishchi holatida pastki yonish holati 3200 k/k. Tarkibida 25 mm.dan ziyod o‘lchamdagi mineral aralashmalari bo‘lgan bo‘laklar 3 foizgacha, maydalar miqdori 20 foizdan oshmasligi kerak.
Ushbu mahsulot omborga kirim qilinayotganida uning sifat guvohnomasiga muvofiqligi e’tiborga olinadi.
Eslatib o‘tamiz: xarid chog‘ida iste’molchi ko‘mir mahsulotining sifat guvohnomasini talab qilish, sifati guvohnomadagi ko‘rsatkichlarga mos kelmas, uni sotib olishni rad etish huquqiga ega”.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘‘mir” 2025-yil natijalari: Innovatsiya, shaffoflik va samaradorlik
2025-yil “O‘zbekko‘mir” aksionerlik jamiyati uchun o‘ta samarali va innovatsiyalarga boy yil bo‘ldi. Jamiyatda konchilik sohasidagi ishlab chiqarish, ko‘mir yetkazib...
O'qish
Hamkorlik – ilmiy yechimlar sari muhim qadam
2026-yil 26-fevral kuni “O‘zbekko‘mir” AJ katta faollar zalida jamiyat mutaxassislari hamda NITU MISiS professor-o‘qituvchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur t...
O'qish
Stol tennisi va badminton bo‘yicha sport musobaqalari yakunlandi
Jamiyatimiz filiallari o‘rtasida o‘tkazilgan stol tennisi hamda badminton musobaqalari qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib...
O'qish
Yangi farmon doirasidagi metrologiya islohotlari
O‘zbekistonda texnik tartib-qoidalar sohasida tizimli islohotlarning yangi bosqichi boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningg “Texnik jihatdan tartibga solish s...
O'qish