Iste’molchilar diqqatiga: omborlarda mahalliy ko'mir zaxirasi yetarli
Nashr qilingan sana: 18.02.2024 04:35:08Kunlar sovushi munosabati bilan tabiiy gaz yetib bormagan hududlarda aholi iste’molchilarining qattiq yoqilg‘iga talabi oshishi tabiiy.
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ buni yaxshi anglagan holda ko‘mir zaxiralarini yaratib qo‘ygan. Xususan, Toshkent viloyatidagi Yangiyo‘l, Bo‘ka, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq, Angren va boshqa hududiy ko‘mir omborlarida 2 ming tonnadan ko‘proq mahalliy ko‘mir zaxirasi mavjud.
Talabagor aholi iste’molchilari ushbu omborlarga murojaat qilib, keragicha yoqilg‘i xarid qilishlari mumkin.
“Ko‘mir ta’minot" MCHJ omborlari orqali aholi va byudjet tashkilotlariga sotiladigan ko‘mir mahsulotlari narxi:
– aholi uchun – 309 800 so‘m/tn.
– byudjet tashkilotlari uchun – 431 400 so‘m/tn.
“Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati Toshkent viloyati filiali
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Xavotirga o‘rin yo‘q: ko‘mir zaxirasi yetarli
#Rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Denov va Boysun tumanlaridagi ko‘mir omborlarida sun’iy navbatlar yuzaga kelgani haqida videolavhalar tarqaldi. Holat y...
O'qish
Bir yurt, bir niyat: farg‘onaliklar Angren konchilari bilan yelkadosh
“Angren” ko‘mir konida konchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi nomidan dasturxon yozilib, mehnatkash k...
O'qish
O‘zbek tili bayrami: amaliyot va ma’naviyat uyg‘unligi
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Har yili 21 oktabr sanasi yurtimizda “O‘zbek tili bayrami” sifatida keng nisho...
O'qish
Angren konchilari haqida Rossiya jurnalida maqola chop etildi
Rossiya Federatsiyasining xalqaro “Глобус: геология и бизнес” jurnalida (2025 yil oktabr, №4) jurnalist Diana Andreevaning “Ular qorong‘ulikda ishlaydilar” sarlavhal...
O'qish