Kasb bayrami: konchilar sharaflandi
Nashr qilingan sana: 17.05.2024 08:06:53
19-may –O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Jamiyat mehnat jamoasi an’anaviy kasb bayramini yuqori mehnat natijalari bilan kutib olmoqdalar. Konlardan ko‘mir qazib olish yil sayin ko‘payib, o‘tgan yili 2019-yildagi 3,5 mln. tonnadan salkam 6 mln. tonnaga yetkazildi. Joriy yilda 6,2 mln. tonna qattiq yoqilg‘i qazib olish rejalashtirilgan. Ayni kunlarda ushub marrani egallash, iste’molchilarni yetarli va sifatli ko‘mir bilan ta’minlash uchun mavjud imkoniyatlar ishga solinmoqda.
“Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida tashkil etilgan tantanali tadbirda jamiyat bosh direktori V.V.Kuznesov, Angren shahar hokimi Alisher Rayimov,O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Toshkent viloyati kengashi raisi o‘rinbosari O‘tkir Rashidov, jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Abdunosir Qayumov va boshqalar tadbirda so‘z olib, yig‘ilganlarni ayyom bilan qutlar ekan, konchilarning mashaqqatli mehnatini alohida e’tirof etdilar.

Aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarishni rivojlantirishga samarali hissa qo‘shgan va qo‘shib kelayotgan konchilarning katta guruhiga O‘zbekiston tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va viloyat kengashlari, Angren shahar hokimligi hamda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan faxriy yorliq, tashakkurnoma, “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir respublika san’at ustalari ishtirokidagi bayram konserti bilan yakunlandi.
Kunning ikkinchi yarmida Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri ijodiy jamoasi tomonidan “Jaydari kelin” spektakli namoyish qilindi.


Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Beshariqda ro‘yxatga olish bo‘yicha navbatdagi seminar tashkil etildi
Ma’lumki, jori yilning 15-yanvar-28-fevral kunlari mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri o‘tkaziladi. Bu tadbir aholi va qishloq...
O'qish
Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A.M. Qayumovning bayram tabrigi
Sizlarni kirib kelayotgan 2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman. Jamiyatimizda yakunlanayot...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori N.U. Dusmatovning bayram tabrigi
Hurmatli ko‘mir sanoati xodimlari va faxriylari, aziz hamkasblar! Yakunlanayotgan yil mamlakatimiz ko‘mir sanoati uchun barqaror o‘sish va muhim natijalar bilan y...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: korrupsiyaga qarshi islohotlar yangi bosqichda
Korrupsiya jamiyat va iqtisodiyot rivojiga jiddiy to‘siq bo‘luvchi, davlat boshqaruvi samaradorligiga putur yetkazuvchi xavfli illat sifatida mamlakatimizda davlat si...
O'qish