Ko‘mir ta’minoti sohasida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish – dolzarb masala
Nashr qilingan sana: 19.10.2023 08:03:48“Ko‘mir ta’minot” MCHJ Samarqand filialida “Korrupsiyani birga yengamiz” mavzusiga bag‘ishlangan kengaytirilgan davra suhbati o‘tkazildi. Unda jamiyat hamda “Ko‘mir ta’minot” MCHJ boshqaruvi, filial va viloyatdagi hududiy ko‘mir omborlari va shaxobchalari mudirlari ishtirok etdi.
Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bilan bog‘liq huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. “O‘zbekko‘mir” AJ tizimida ham ushbu illatga qarshi tadbirlar izchil olib borilmoqda.
“O‘zbekko‘mir” AJ komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi xizmati rahbari E.E.Amanov boshqarib borgan tadbirda yuqoridagilar ta’kidlanar ekan, tizimda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, bu borada xodimlar mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jarayonda filial rahbariyati va xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish qonunining 21-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 121-moddalari mazmun-mohiyati, shuningdek “O‘zbekko‘mir” AJ va tashkilotlari, ularning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha Nizom bilan to‘liq tanishtirib o‘tildi.
Hokimlik, adliya, DXX, prokuratura, ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish departamenti bilan birgalikda sodir etilgan korrupsiya holatlarining ayanchli oqibatlari to‘g‘risida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar ishtirokidagi “Nafs iskanjasida” nomli video film namoyish etildi. Filial rahbari va xodimlari ushbu videofilmdan o‘zlari uchun tegishli xulosalar chiqarishlarini ta’kidlab o‘tdi.
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ Samarqand viloyati filiali 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumi uchun reja-taqsimotlarga asosan ijtimoiy soha ob’yektlariga mahalliy ko‘mir mahsulotlarini to‘liq yetkazib berildi. Ayni paytda aholi iste’molchilarini yoqilg‘i bilan ta’minlash jadal olib borilmoqda. Davra suhbatida so‘z olgan “Ko‘mir ta’minot” MCHJ rahbari S.Umarov ana shular haqida axborot berar ekan, ko‘mir mahsulotini mahallabay va xonadonbay tarzda haqiqatda ehtiyojmand iste’molchilarga yetkazilishini omborxonaning har bir xodimi nazoratga olib borishi lozimligini ta’kidladi. Shu bilan birga arzonlashtirilgan mahalliy ko‘mir “Ko‘mir ta’minot” MCHJ hududiy ko‘mir omborlarida yagona va qat’iy narxda sotilishi lozimligi, xaridor uni sotib olganida o‘zaro hisob-kitobni naq pul yoki bank plastik kartasi orqali amalga oshirishi huquqiga ega ekanligi, narxlar asossiz oshirilmasligi lozimligini uqdirib o‘tdi.
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ Samarqand filiali va unga qarashli hududiy ko‘mir omborlari ishchi-xodimlarini ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, mehnat ta’tiliga chiqish, moddiy yordamlar berish va boshqa holatlar ham uhim hisoblanadi. “O‘zbekko‘mir” AJ Personallarni boshqarish va kadrlar tayyorlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M.Umarova bu borada hujjatlarni yuritish yuzasidan taklif va tavsiyalarini berdi.
Tadbir davomida, shuningdek joriy kuz-qish mavsumini to‘liq va betalofat o‘tkazish uchun barcha hududiy omborxonalardagi mavjud texnikalar, asosiy vositalardan oqilona foydalanish, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish, mehnat intizomini mustahkamlash yuzasidan o‘zaro muloqot bo‘ldi. Bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, galdagi vazifalar belgilab olindi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori N.U. Dusmatovninhg bayram tabrigi
Hurmatli konchilar va ko‘mir sanoati faxriylari! Qadrli hamkasblar! Barchangizni kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklayman. Mana, 2001 yildan buyon maml...
O'qish
Milliy liboslar bayramlarda ayniqsa yarashadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida haftaning har jumasi ‒ “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanmoqda. Bu galgi “Milliy liboslar” chellenji Konchilarni...
O'qish
Konchilar mehnati e’tirof etildi
18-may – O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan 16-may kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida kasb bayramiga bag...
O'qish
“Eng yaxshi ixtirochi” tanlovida ishtirok eting!
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining “Eng yaxshi ixtirochi” tanlovini tashkil etish to‘g‘risida” 145-sonli buyrug‘i qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezi...
O'qish