Manzili mavhum tanqidiy videoxabarlardan kim manfaatdor?
Nashr qilingan sana: 22.09.2023 02:54:55Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatiga vagonda kelayotgan ko‘mirlarni noma’lum shaxslar yo‘lda talon-toroj qilayotgani, jumladan, yirik ko‘mirlarni vagon ustiga chiqib, yerga uloqtirayotgani aks etgan videomaterial tarqaldi.
Ushbu videolavhada keltirilgan holat “O‘zbekko‘mir” AJ va “Ko‘mir ta’minot” MCHJ mutasaddilari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida tanqidiy videolavha qachon va qaysi manzilda tasvirga olingani ko‘rsatilmagani uchun undagi faktlar bo‘yicha chora ko‘rishning iloji bo‘lmadi. Xulosalarga ko‘ra, videolavha eski bo‘lib, ancha yillar avval tasvirga olingani ehtimoli kuchli.
Fursatdan foydalanib, blogerlar hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan respublika aholisiga mo‘ljallangan mahalliy, arzonlashtirilgan ko‘mir mahsulotini talon-taroj qilish bilan bog‘liq holatlar kuzatilsa, bu haqidagi tanqidiy xabarlarda ularning manzili, sanasi va vaqtini aniq ko‘rsatish lozimligini, ana shunda har qanday salbiy holatlarga chek qo‘yish, huquqbuzarlarni qat’iy javobgarlikka tortish mumkinligini eslatib o‘tamiz.
Ma’lumot uchun, “O‘zbekko‘mir” AJ qazib olingan ko‘mir mahsulotlarini “Ko‘mir ta’minot” MCHJning ko‘mir omborlari manziliga yuklab jo‘natishni ta’minlaydi. Bunda jamiyat mas’ullari ko‘mirni yuklash, jo‘natish, ko‘mirning sifati va miqdorlari yuzasidan javobgar hisoblanadilar. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi ko‘mir ortilgan vagonlarni belgilangan stansiyalarga yetib borishiga qadar qo‘riqlashga hamda yuklangan ko‘mir miqdoriga javob beradi. Hududiy ko‘mir omborlariga yetkazilgan ko‘mirni qabul qilib olish, sifatli saqlash va iste’molchiga sotilishiga “Ko‘mir ta’minot” MCHJ mas’uldir.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“O‘zbekko‘mir” AJ: korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-aprel kuni qabul qilingan “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaq...
O'qish
Qayga borsam, boshda d‘oppi...
O‘zbek d‘oppi — o‘zbek xalqining an’anaviy bosh kiyimi bo‘lib, u nafaqat estetika, balki madaniy ahamiyati bilan ham ajralib turadi. Ushbu bosh kiyimi erkaklar uchun...
O'qish
"Avtomobil texnologik transporti" filialida “Dolzarb 30 kun” tadbiri bo'lib o'tdi
Xabaringiz bor, joriy yilning 20-may kunidan 20-iyun kuniga qadar Respublikamiz miqyosida yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” tadbirlariga star...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi qabul e’lon qilinadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi qabul e’lon qiladi. Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati bugun, 29-may kuni, soat 15:00dan...
O'qish