Murojaatlar tahlili nimalarni koʻrsatmoqda
Nashr qilingan sana: 18.12.2023 02:19:28“Koʻmir taʼminot” MCHJda jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlar va ulaning natijalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Jamiyat direktori S.Umarov raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda qayd etilishicha, joriy yilning oʻtgan 9 oy davomida jamiyatga 141 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, ularning 110 tasi yozma, 31 tasi ogʻzaki murojaatlarni tashkil etadi.
“Koʻmir taʼminot” MCHJ faoliyatiga tegishli boʻlgan murojaatlar “Oʻzbekkoʻmir” AJning "Ishonch" telefoni orqali ham qabul qilingan. Ushbu murojaatlar markaziy apparat boʻyicha 141 ta, Toshkent viloyati filiali boʻyicha 11 ta, Sirdaryo viloyati boʻyicha 1 ta, Fargʻona viloyati boʻyicha 27 ta va hokazo.
Shuningdek, “Oʻzbekkoʻmir” AJ ijtimoiy tarmoqlardagi aloqa kanallari orqali ham qator murojaatlar kelib tushmoqda va ular ijro apparati va jamiyat filiallari mutasaddilar tomonidan oʻrganilib, natijalari haqida murojaatchi va keng jamoatchilikka axborot berib borilmoqda.
Murojaatlar tahliliga koʻra, aksariyat murojaatlar koʻmir yetkazib berish va mahsulot sifati masalasiga (110 murojaat) taalluqli. Shuningdek, mehnat munosabatlari masalasi boʻyicha murojaatlar 1 ta, rahbar va mansabdor xodimlarning noqonuniy xatti-harakatlari boʻyicha murojaatlar 4 tani tashkil etgan.
Hisobot davrida 110 ta murojaatning 95 tasi ijobiy hal etilgan 15 tasi nazoratga olingan.
Jamiyat direktori koʻrsatmasi asosida ijro apparati masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh tashkil etilgan boʻlib, murojaatlarni sonini kamaytirish maqsadida tarkibdagi filiallarda muntazam ravishda sayyor qabullar oʻtkazilmoqda. Shunga qaramay jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish boʻyicha yuzasidan hali koʻp ishlar qilish kerakligi, bu borada filiallar rahbarlari va koʻmir omborlari mudirlari masʼuliyatini oshirish zarurligi uqdirib oʻtildi. Ayni paytida yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnoma shartlarini oʻz vaqtida bajarish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida “Koʻmir taʼminot” MCHJ ijro apparati va filiallarda tashkil etilgan ishchi guruhlar faoliyatini takomillashtirish, barcha viloyatlardagi koʻmir omborlarida sayyor qabullar tashkillashtirish, kelib tushayotgan har bir murojaatning xolisona va belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilishini taʼminlash hamda takroriy murojaatlar kelib tushishining oldini olish boʻyicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Zulfiya Hakimova,
“Koʻmir taʼminot” MCHJ ijro apparati murojaatlar boʻyicha mutaxassis
Oxirgi yangiliklar:
Konferensiya: Jamoa shartnomasi ijrosi muhokama qilindi
2026-yilning 17-aprel kuni Unda jamiyat tizimidagi korxonalardan saylangan delegatlar, jamiyat rahbariyati, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari, mutaxassislar hamda...
O'qish
Brifing: iste’molchilarga 1 million 782,6 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026-yilning yanvar–mart oylarida iste’molchilarga 1 million 782,6 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi. Bu boradagi reja 1...
O'qish
OAV vakillari diqqatiga: “O‘zbekko‘mir” AJda I chorak yakunlariga bag‘ishlangan brifing
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026 yil “yanvar–mart oylari yakunlari hamda jamiyatda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari” mavzusida brifing o‘tkazi...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ transformatsiya: xarid jarayonlari raqamlashtiriladi, ESG tamoyillari joriy qilinadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xarid jarayonlarini yanada ochiq, tushunarli va samarali qilish maqsadida KPMG xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan keng qamrov...
O'qish