O‘zbekistonda yirik gidro to‘plash elektr stansiyalar (GAES) barpo etiladi
Nashr qilingan sana: 05.07.2023 22:52:02“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov hamda XXRning “China Southern Power Grid International (HK) Co., Ltd” kompaniyasi Boshqaruvi raisi Chjan Tanji qiymati 1 mlrd 640 mln AQSH dollariga teng, quvvati 820 MVt bo‘lgan 3 ta loyiha: “Yuqori Pskem” GTES (quvvati 200 MVt), “Qarateren” GTES (500 MVt) hamda “Yuqori Pskem” GES (120 MVt) gidroinshootlarini qurish bo‘yicha Anglashuv memorandumini imzoladilar.
Memorandum doirasida dastlab o‘zbek-xitoy kompaniyalari tomonidan qo‘shma ishchi guruhi tarkibini shakllantirish borasida kelishib olindi. Qo‘shma ishchi guruhi tomonidan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqiladi. Bu jarayonga xalqaro toifadagi ekspert-mutaxassislarni ham jalb etish ko‘zda tutilgan.
Mazkur loyihalar 2030-yilga qadar to‘liq quvvatda ishga tushiriladi.
GTESlarning ishga tushirilishi natijasida yiliga o‘rtacha 3 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 835 mln 655 ming kub metr tabiiy gaz tejaladi. Shuningdek, atmosferaga chiquvchi zararli is gazi miqdori kamayishiga erishiladi.
Loyihalar to‘liq quvvatda ishga tushirilgach, 1 mln 600 mingdan ortiq aholi uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Videoselektor: gaz va elektr ta’minoti muammolari muhokamada
16-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda amalga oshirilayotgan islohotlar n...
O'qish
“Kiberxavfsizlik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
13-iyun kuni “O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik markazida “Yoshlar oyligi” tadbirlari doirasida “Kiberxavfsizlik: mutaxassislar va yoshlar muloqoti” mavzus...
O'qish
Har juma – milliy iftixor ifodasi!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida har juma kuni “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanmoqda. Ushbu an’ana ijro apparatidanoq tortib filiallargacha izc...
O'qish
Angren ‒ O‘zbekiston ko‘mir sanoatining markazi!
13-iyun – kon zaxiralari boy, sanoati yuksak, tarixi sharafli Angren shahriga rasmiy asos solingan kun. 1946-yilning aynan shu kuni “Angrenshaxtstroy” posyolkasi...
O'qish