8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
Nashr qilingan sana: 06.03.2026 16:07:38“O‘zbekko‘mir” AJning “QMI” filialida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni “O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A. Kayumov kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda tizimda faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlarni ushbu qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
.jpg)
Tadbir davomida tizimda faoliyat yuritayotgan ayollar nomidan Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi D. Xidirova so‘zga chiqib, bugungi kunda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va ishonch uchun minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining 2026-yil 2-martdagi 31-sonli buyrug‘iga asosan “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni jamiyat tarkibidagi “SH.U.K.Q.O” filiali ko‘tarish mashinalari mashinisti Gulnora Bayymenovaga tantanali ravishda topshirildi.
Bayram munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” AJ tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan 107 nafar xotin-qizga Bosh direktor hamda Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan qimmatbaho esdalik sovg‘alari va guldastalar tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir davomida jamiyat tarkibidagi E va TT filiali rahbari Erkin Jo‘rayevich ham konchi ayollarni samimiy tabriklab, ularga bayram tilaklarini bildirdi.

Bayram tadbiriga alohida shukuh bag‘ishlash maqsadida taklif etilgan “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi estrada xonandasi, “Shuhrat” medali sohibi Asliddin Do‘stov o‘zining eng sara va ko‘ngillarga yaqin taronalari bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish
Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik: yangi talablar
Joriy yilning 21-avgust kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Markaziy dispetch...
O'qish
Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” AJning 2026-yil I yarim yillik faoliyati yakunlari va galdagi ustuvor vazifalari mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Manzil: O‘zMTRK “Toshkent” tel...
O'qish