Barqaror rivojlaniş sari muhim qadam: “O‘zbekko‘mir” AJ ilk ESG hisobotini taqdim etdi
Nashr qilingan sana: 16.11.2026 17:35:20Bugun korxona faoliyatiga baho berişda faqat qança mahsulot işlab çiqarilgani yoki qança daromad olingani bilan çeklanilmaydi. Işlab çiqariş jarayonining atrof-muhitga ta’siri, xodimlar uçun yaratilgan şaroitlar, mehnat xavfsizligi, jamiyat oldidagi mas’uliyat va boşqaruvdagi oçiqlik ham muhim mezonlar hisoblanadi.
Aynan şu jihatlar ESG tuşunçasida öz ifodasini topadi. ESG ingliz tilidagi uçta yönalişning qisqartmasi bölib, ekologik mas’uliyat (Environmental), ijtimoiy mas’uliyat (Social) va korporativ boşqaruv (Governance) ma’nolarini anglatadi.
Oddiy qilib aytganda, ESG korxona faqat iqtisodiy natijalarga emas, balki tabiatga, insonlarga va jamiyatga qanday munosabatda bölayotganiga ham baho beriş imkonini beradi.
“O‘zbekko‘mir” uçun bu nima degani?
Kömir qazib oliş sanoati tabiiy resurslardan foydalaniş, yer maydonlariga ta’sir körsatiş, çang va çiqindilarni boşqariş kabi ekologik masalalar bilan bevosita boğliq. Şu bois atrof-muhitni muhofaza qiliş, işlab çiqariş jarayonlarida ekologik talablarga rioya etiş va resurslardan oqilona foydalaniş korxona faoliyatining muhim yönalişlaridan biridir.
Ijtimoiy yönaliş esa, avvalo, minglab xodimlarning mehnat şaroiti, iş joylarida xavfsizlikni ta’minlaş, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, kasbiy malakasini oşiriş hamda ijtimoiy qöllab-quvvatlaş masalalarini qamrab oladi.
Korporativ boşqaruv yönalişida esa korxona boşqaruvining şaffofligi, qarorlar qabul qilişda mas’uliyat, qonunçilik talablariga rioya etiş, korrupsiyaning oldini oliş va jamoatçilik bilan oçiq muloqotni yölga qöyiş kabi masalalar muhim örin tutadi.
Hisobotning amaliy ahamiyati nimada?
ESG hisoboti korxona faoliyatining ana şu uç yönalişidagi holatni bir joyda jamlaş, mavjud natijalarni tahlil qiliş va kelgusi vazifalarni belgilaş imkonini beradi.
Eng muhimi, u jamoatçilik, hamkorlar, investorlar va boşqa manfaatdor tomonlarga korxona faoliyati haqida faqat işlab çiqariş körsatkiçlarini emas, balki iqtisodiy bölmagan natijalarni ham taqdim etadi. Bu esa korxonaga nisbatan işonçni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
“O‘zbekko‘mir” AJning 2025 yil yakunlari böyiça ilk ESG hisoboti xalqaro GRI va SASB standartlari talablarini inobatga olgan holda tayyorlangani ham muhim ahamiyatga ega. Çunki bu korxona faoliyatiga oid nomoliyaviy ma’lumotlarni xalqaro amaliyotda qabul qilingan yondaşuvlar asosida tizimlaştiriş imkonini beradi.
Muhimi — hisobot emas, uning ortidagi amaliy işlar
ESG hisobotini e’lon qiliş yakuniy maqsad emas. Unda aks etgan ma’lumotlar kelgusida ekologik ta’sirni kamaytiriş, mehnat xavfsizligini yanada yaxşilaş, xodimlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş va korporativ boşqaruv samaradorligini oşiriş böyiça aniq vazifalar uçun asos bölib xizmat qilişi kerak.
Şu ma’noda, “O‘zbekko‘mir” AJning ilk ESG hisoboti korxona faoliyatida oçiqlik, hisobdorlik va barqaror rivojlaniş tamoyillarini izçil joriy etiş yölidagi muhim qadamdir.
Oxirgi yangiliklar:
Oçiqlik − hisobdorlik va jamoat işonçi asosi
9 dekabr − Xalqaro korrupsiyaga qarşi kuraşiş kuni. Uşbu sana korrupsiyaning oldini olişda oçiqlik, şaffoflik va jamoatçilik nazoratining ahamiyatini yana bir bor eslatad...
O'qish
"O‘zbekko‘mir" AJning faol yoshlari Oliy Majlis faoliyati bilan tanishdilar
"O‘zbekko‘mir" AJning faol yoshlari Oliy Majlis faoliyati bilan tanishdilar "O‘zbekko‘mir" AJning bir guruh faol yoshlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga...
O'qish
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda?
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda? 2026-yilda “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan 5,7 million tonna ko‘mir qazib chiqarish, shundan 1 milli...
O'qish