Aholi iste’molchilariga ko‘mir tarqatish ishlari qizg‘in!
Nashr qilingan sana: 25.10.2024 07:29:21
“Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati Toshkent viloyati filialiga qarashli Angren ko‘mir ombori bugun har qachongidan gavjum. Ushbu ombor Angren, Ohangaron shaharlari va Ohangaron tumanidagi ko‘mirga ehtiyojmand budjet tashkilotlari va aholi iste’molchilariga xizmat ko‘rsatadi.
Budjet tashkilotlari talabini qondirgan omborxona xodimlari ayni kunlarda aholiga ko‘mir tarqatmoqda. Jarayon sentabr oyida boshlangan va dekabrda tugaydi. Ombor mudiri Sardor Sharobiddinovning ta’kidlashicha, yil oxirigacha barcha xaridorlar albatta oladi. Har bir iste’molchi, ijtimoiy mavqei, yoshi va jinsidan qat’i nazar, davlat standarti bo‘yicha 2 tonna BZR navli ko‘mir olish huquqiga ega.
Joriy mavsum uchun hozirgacha angrenliklar ehtiyoji uchun 1928,58 tonna, Ohangaron shahri va Ohangaron viloyatidan 1694,55 tonna ko‘mir tarqatildi.
‒ Yashirmayman, uyimizni “qora oltin” deb ataluvchi mana shu ko‘mir bilan isttamiz? ‒ deydi Angren “Bog‘i-Surx” mahallasida yashovchi X.Abdamitova. – Men bir necha yildan beri shu ombordan ko‘mir olaman. Ko‘mirning sifati va yetkazib berish shartlaridan mamnunman. Biz, iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiramiz.
– Ikki tonnalik ko‘mirni olish uchun omborga keldim, – deya qo‘shimcha qiladi qorabog‘lik “ZiL” samosvalining haydovchisi J.Jaliev, – uch yildan beri shu yerda mahalliy ko‘mir olaman. Shu ikki tonna yoqilg‘ini tejamkorlik bilan ishlatsak, u butun qish mavsumiga bemalol yetadi. Konchilarga va ko‘mir ta’minotchilarga faqat rahmatlar aytamiz.
Diana ANDREYEVA

Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘‘mir” 2025-yil natijalari: Innovatsiya, shaffoflik va samaradorlik
2025-yil “O‘zbekko‘mir” aksionerlik jamiyati uchun o‘ta samarali va innovatsiyalarga boy yil bo‘ldi. Jamiyatda konchilik sohasidagi ishlab chiqarish, ko‘mir yetkazib...
O'qish
Hamkorlik – ilmiy yechimlar sari muhim qadam
2026-yil 26-fevral kuni “O‘zbekko‘mir” AJ katta faollar zalida jamiyat mutaxassislari hamda NITU MISiS professor-o‘qituvchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur t...
O'qish
Stol tennisi va badminton bo‘yicha sport musobaqalari yakunlandi
Jamiyatimiz filiallari o‘rtasida o‘tkazilgan stol tennisi hamda badminton musobaqalari qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib...
O'qish
Yangi farmon doirasidagi metrologiya islohotlari
O‘zbekistonda texnik tartib-qoidalar sohasida tizimli islohotlarning yangi bosqichi boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningg “Texnik jihatdan tartibga solish s...
O'qish