Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
Nashr qilingan sana: 16.10.2026 17:57:07«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmalari a’zosi Rahimboy Jumaniyozov ishtirok etib, ona tilining millat ma’naviyati va milliy o‘zlikni anglashdagi beqiyos o‘rni, uni asrab-avaylash, rivojlantirish hamda nufuzini yanada yuksaltirish masalalari xususida fikr-mulohazalar bildirdi.
.jpg)
Shuningdek, davlat tilining jamiyat hayotidagi mavqeini mustahkamlash, korxona va tashkilotlarda ish yuritishni davlat tili me’yorlari asosida tashkil etish, rasmiy hujjatlarda adabiy til qoidalariga rioya qilish hamda yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat va ona tiliga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishning dolzarbligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning ma’naviy-ma’rifiy tadbirdagi faolligi e’tirof etildi.
Tadbirning badiiy qismida an’anaviy qo‘shiqlar ijrochisi, xonanda Feruza Quvonchbekova tomonidan ijro etilgan dilrabo qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
.jpg)
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlash, milliy merosimizni asrab-avaylash hamda davlat tilining jamiyat hayotidagi ahamiyatini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Oxirgi yangiliklar:
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ vakili “Rossiya energetika haftaligi ‒ 2026” xalqaro forumida ishtirok etmoqda
2026-yil 14–16-oktabr kunlari Moskva shahrida ”Rossiya energetika haftaligi ‒ 2026” IX xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Yoqilg‘i-energetika sohasidagi muhim xalqaro tadbir...
O'qish