“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
Nashr qilingan sana: 30.04.2024 06:39:48“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqibatlarning maqsadi va mohiyati bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borish maqsadida ikki kunga mo‘ljallangan turkum tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Bugun Angren shahar Alisher Navoiy nomidagi madaniyat markazida ana shunday tadbirlarning dastlabkisi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda jamiyat boshqaruv apparati, “Shaxta usulida ko‘mir qazib olish”, “Apartak”, “Avtomobil-texnologik transporti”, “Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi”, “Qurilish-montaj ishlari” hamda “Geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi” filiallarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar, xususan yoshlar va xotin-qizlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbir Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining maslahatchisi Ilhom Ma’rupovning diniy terrorizm, aqidaparstlik va uning salbiy oqibatlari haqidagi ta’sirchan ma’ruzasi bilan boshlandi.
Ma’lumki, diniy ekstremizm, fundamentalizm, aqidaparastlik, terrorizmni butun dunyo xalqlari qoralab keladi. Zero, bunday harakatlarning asl maqsadi diniy va insoniy me’yorlar, umuminsoniy qadriyatlar va axloqiy fazilatlarga qarshi qaratilgan. Ta’kidlandiki, so‘nggi vaqtlarda terroristik guruhlar tomonidan internet tarmog‘ida targ‘ibot-tashviqotlar kuchayib ketgan. Bu esa noto‘g‘ri yo‘lga bilib-bilmay kirib qolayotganlarning sonini ortishiga sabab bo‘layapti. Achinarlisi, aqidaparastlar yoshlarni, ayniqsa yosh mehnat migrantlarini o‘zlarining ta’sir doirasiga olishga harakat qilmoqdalar. Natijada xorijga ish axtarib ketgan ayrim yoshlarimizning diniy ekstremistik oqim a’zolarining nayranglariga chuv tushib, yurtga qaytganidan so‘ng, yon-atrofidagilarni o‘z ortidan ergashtirishga harakat qilayotganliklari kuzatilmoqda.

Islom dini o‘n to‘rt asrdan oshiq vaqtdan buyon musulmonlarning dasturul-amal dini bo‘lib kelmoqda. Islom dini va Qur’on kishilarni tafakkur qilish, ilm olish, ongli ravishda faoliyat yuritishga chaqiradi. Zero, xadislarda “Bir soatlik tafakkur bir yil ibodat qilgandan xayrliroq” deya bejiz keltirilmagan. Taraqqiyotning eng asosiy omili bu tafakkur, ya’ni fikrlashdir. Inson fikrlagani uchun qadrlanadi, fikrlagani uchun fikrlagani davlat va jamiyat rivojlanadi. Shu bois, internet tarmog‘idagi diniy niqob ostidagi turli chaqiriqlarga, da’avatlarga ishonmaslik, bu borada tafakkur bilan ish yuritish muhimligi uqdirib o‘tildi.
Tadbirda «Ayol qismati» filmi namoyish qilindi. Ushbu kinokartinada “Mehr” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib chiqilgan ayollardan birining ayanchli taqdiri Sojida timsolida juda ta’sirli tarzda yoritilgan.
Sojida… Bu ayolning qismati, juda ko‘pchilikning taqdirini birlashtiradi. U turmushning mashaqqatlari sabab o‘z yurtini tark etadi. Sojida yaqinlariga ergashish ortidan Rossiya, Pokiston, Eron, Turkiya, Suriya va Iroq zamini uzra uzoq kezadi. Unga hamisha baxt qiyinchiliklar evaziga keladi deb uqtirishardi. Musofir bo‘lmaguncha musulmon bo‘lmaysan, deb yarim dunyoni aylanib chiqadi. Lekin iqbol o‘rniga zavol topadi. Ko‘z o‘ngida katta o‘g‘li Salohiddinning o‘limi, kichkina o‘g‘li Qahramonning portlagan binolar ostida qolishi Sojidaning nigohlari so‘nishiga olib keladi. U kelajak haqidagi yaxshi xayollardan butkul umidini uzadi. Lekin Sojidaning “Mehr” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib chiqilishi va yana hayotga qaytishi juda katta voqeaga aylanadi.
Bosh rollarni Ra’no Shodieva, Ilhom Berdiev, Matyoqub Matchonovlar ijro etgan film tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir yakunida Angren shahar hokimi A.Rayimov so‘zga chiqdi.
Tadbirlar davom etmoqda.
Ne’mat Dushayev,
Axborot xizmati rahbari

Oxirgi yangiliklar:
Konferensiya: Jamoa shartnomasi ijrosi muhokama qilindi
2026-yilning 17-aprel kuni Unda jamiyat tizimidagi korxonalardan saylangan delegatlar, jamiyat rahbariyati, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari, mutaxassislar hamda...
O'qish
Brifing: iste’molchilarga 1 million 782,6 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026-yilning yanvar–mart oylarida iste’molchilarga 1 million 782,6 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi. Bu boradagi reja 1...
O'qish
OAV vakillari diqqatiga: “O‘zbekko‘mir” AJda I chorak yakunlariga bag‘ishlangan brifing
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026 yil “yanvar–mart oylari yakunlari hamda jamiyatda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari” mavzusida brifing o‘tkazi...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ transformatsiya: xarid jarayonlari raqamlashtiriladi, ESG tamoyillari joriy qilinadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xarid jarayonlarini yanada ochiq, tushunarli va samarali qilish maqsadida KPMG xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan keng qamrov...
O'qish