Bir yurt, bir niyat: farg‘onaliklar Angren konchilari bilan yelkadosh
Nashr qilingan sana: 10.10.2025 19:54:35

“Angren” ko‘mir konida konchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi nomidan dasturxon yozilib, mehnatkash konchilar uchun osh tarqatildi.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati bugungi kunda aholi va budjet tashkilotlarini arzonlashtirilgan mahalliy ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash ishlarini faol davom ettirmoqda. Mahsulotlar “Ko‘mir ta’minot” MChJning hududiy omborlari orqali aholiga yetkazib berilyapti.
Angren konchilari kunu-tun mehnat qilib, iste’molchilarni ko‘mir bilan o‘z vaqtida ta’minlash, qish mavsumida barqaror ta’minotni yo‘lga qo‘yish uchun bor kuchini safarbar etmoqda. Ular mehnati Farg‘ona viloyati aholisi tomonidan ham katta ehtirom va minnatdorlik bilan e’tirof etildi.
— Konchilarimiz aholi va budjet tashkilotlariga arzon va sifatli ko‘mir mahsulotini yetkazib berish uchun tunu-kun fidokorona mehnat qilmoqda. Ularning mehnatiga bo‘lgan e’tibor va tashkil etilgan dasturxon uchun Farg‘ona viloyati hokimligiga konchilarimiz nomidan minnatdorlik bildiramiz, — dedi “O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A. Qayumov.
Shuningdek, o‘tgan haftada andijonlik mirishkorlar ham Angren konchilariga o‘z dalalarida yetishtirgan ne’matlardan sovg‘a yo‘llab, ular mehnatiga bo‘lgan hurmat va hamdo‘stlik ruhini namoyon etgan edilar.

Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJ transformatsiya: xarid jarayonlari raqamlashtiriladi, ESG tamoyillari joriy qilinadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xarid jarayonlarini yanada ochiq, tushunarli va samarali qilish maqsadida KPMG xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan keng qamrov...
O'qish
Soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishni unutmang
15-aprel – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i teng yarmini to‘lashning oxirgi kuni! Soliq kodeksining 423- va 440-moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar m...
O'qish
“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi”
2026-yil 1-mayga qadar mamlakatimizda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida keng ko‘lamli targ‘ibot va tushuntirish is...
O'qish
Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining vakillari bilan uchrashuv o'tkkazildi
Joriy yilning 7-aprel Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining Qozog‘istondagi vakili Alim Smakov jamiyatda uchrashuv o‘tkazdi. “O‘zbekko‘mir” AJ MDP binosida o‘tkazilgan...
O'qish