Buxoro. Koʻmir zaxirasi yetarli
Nashr qilingan sana: 24.01.2023 07:52:25#Brifing
Buxoro viloyatida joriy kuz-qish mavsumi uchun aholi xonadonlariga shu kungacha 36 ming tonna mahalliy koʻmir mahsulotlari yetkazib berildi.
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash viloyat boshqarmasi hamda "Saxovat va koʻmak" jamgʻarmalari hisobidan kam taʼminlangan oilalarga 5 ming tonnadan koʻproq koʻmir tarqatildi.
Ayni kunlarda viloyatning Olot, Qorakoʻl, Kogon, Vobkent, Jondor, Gʻijduvon tumanlarida "Koʻmir taʼminot" MCHJning Buxoro viloyati filialiga qarashli koʻmir omborlari ishlab turibdi. Ularda 24 yanvar holatiga 1 ming 600 tonna koʻmir zaxirasi mavjud.
Koʻmirga ehtiyojmand aholi oʻzlari yashayotgan hududga yaqin ushbu koʻmir omborlaridan biriga murojaat qilib, qattiq yoqilgʻi xarid qilishlari mumkin.
Bu haqida "Koʻmir taʼminot" MCHJ Buxoro filiali rahbari Ulugʻbek Kozimov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda maʼlum qilindi.
https://youtu.be/lbEVCmonS3M
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish