Davlat obyektlarini koʻmir yoqilgʻisiga oʻtkazishda dxsh qanday qoʻllab-quvvatlanadi
Nashr qilingan sana: 07.07.2023 01:08:21Prezident tomonidan 12.06.2023 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 apreldagi Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish toʻgʻrisida"gi PQ-118-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi PQ-185-son Qaror imzolandi.
Hujjatga muvofiq:
xususiy sheriklar tomonidan koʻmir mahsulotlari zaxirasini yaratishga byudjetdan rejalashtirilgan mablagʻlar doirasida oldindan 50 foizgacha boʻnak mablagʻlari moliyalashtiriladi, qolgan mablagʻlar 1 sentyabrga qadar moliyalashtiriladi;
mahalliy isitish qozonlari ishlab chiqaruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xomashyo va ehtiyot qismlarini olib kirishda QQSni soligʻini 6 oy muddatga foizlar hisoblanmagan holda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi berilmoqda;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining olis hududlaridagi obyektlar boʻyicha xususiy sheriklarning ulushi kamida 30 foizni (boshqa hududlar uchun 50 foizni) tashkil etishi kerak.
Maʼlumot uchun: ijtimoiy soha obyektlaridagi isitish tizimlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida respublika hududlaridagi davlat ijtimoiy soha obyektlari davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida koʻmir yoqilgʻisiga oʻtkazish haqida qaror qabul qilingan edi.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 13.06.2023 yildan kuchga kirgan.
Манбаа: www.norma.uz
https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/davlat_obektlarini_kumir_eqilgisiga_utkazishda_dhsh_qanday_qullab-quvvatlanadi
Oxirgi yangiliklar:
27 TA XIZMAT AVTOMOBILI HARAKATLANMADI, 848 KUB METR GAZ TEJALDI
Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish, atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdorini kamaytirish va aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltiris...
O'qish
SPORT – SOG‘LOM JAMOA VA YUQORI NATIJALAR GAROVI
Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bu bejiz e...
O'qish
G‘OYANGIZ BORMI? UNDA TANLOVDA IShTIROK ETING!
Ko‘mir sanoati doimiy izlanish, yangilanish va innovatsion yondashuvlarni talab qiladigan sohalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ishlab chiqarish samaradorligini oshi...
O'qish
JAMOATCHILIK KENGASHI A’ZOLIGIGA OCHIQ TANLOV E’LON QILINADI
“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibiga a’zolarni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi. ℹ️ Tanlov maqsadi: Jamiyat faoliyati ustidan jamoatchi...
O'qish