Diqqat: “Angren” ko‘mir koniga media-tur tashkil etiladi
Nashr qilingan sana: 28.05.2024 23:05:28“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati 2023-yildan boshlab zamonaviy yangi kon texnikalari ola boshladi. 30-may kuni tashkil etiladigan media-tur davomida ana shu texnikalar va ularning ishlash samaradorligi ko‘rsatiladi.
Bugungi kunda jamiyatdagi mavjud tog‘-kon texnikasining 50 foizidan ortig‘i jismonan eskirgan bo‘lib, texnologik parkdagi avtosamosval, buldozer, yuklagich va avtogreyderlarning foydali ish koeffitsienti o‘rtacha 0,56 ni tashkil etadi.
Ma’lumki, mamlakatimizda iqtisodiyot va aholi soni oshgani sayin energiyaga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda. Bu ehtiyojni qondirish uchun barcha energiya resurslari bilan bir qatorda ko‘mir qazib olish ham kengaymoqda. Oxirgi besh yilda mazkur xomashyo ishlab chiqarish yiliga 4 million tonnadan 6 million 500 ming tonnagacha oshdi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatimizdagi ko‘mir zaxiralari 2 milliard tonnaga yaqin. Davlatimiz rahbari ushbu salohiyatdan samarali foydalanish, ishlab chiqarish hajmini izchil oshirish vazifasini qo‘ymoqda. Xususan, O‘zbekistonda ko‘mir qazib olish hajmini 2024 yilda 8 mln tonnaga, 2025 yilda esa 10 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda.
“O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ushbu vazifalarni bajarish uchun eng avvalo kon ustki qatlamini ochish ishlarini jadallashtirish, buning uchun mavjud texnika parkini yangilash taqazo etiladi. Shu maqsadda yangi va eng zamonaviy, serunum kon texnikalari xarid qilish maqsadida 2023 yili hukumat ko‘magi bilan 77,1 mln dollarlik lizing shartnomalari imzolandi.
Bugungi kunga qadar ushbu shartnomalar asosida Yaponiyada ishlab chiqarilgan 22 dona (yuk ko‘tarish quvvati 90 tn.) “Kamatsu” samosvali, 6 ta zanjirli buldozer, 2 dona 6 kubometrli avtoklagich, uchta “KamAZ”, uchta “UAZ” rusumli avtomashinalar xarid qilindi. Ushbu kon texnikalarining dastlabki partiyasi yig‘ilib, birin-ketin ishga tushirilmoqda va ulardan “Angren” ko‘mir konida keng foydalanilmoqda.
Ayni paytda lizing shartnomasi bo‘yicha korxonaga yana 22 ta “Kamatsu” avtosamosvallari, (jami 44 ta), to‘rtta zamonaviy buldozer, shuningdek, “KamAZ” avtosamosvali va 45 o‘rinli avtobus keltirilmoqda. Shu bilan birga yangi texnikalarga zarur uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi qismlar xarid qilinayapti. Kon hududidagi texnologik yo‘llar kengaytirilib, yangi mashinalar harakatlanishi uchun moslashtirilyapti.
Ma’lumot uchun, “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekistonda ko‘mir qazib oluvchi va yetkazib beruvchi yirik va yetakchi korxona bo‘lib, uning tasarrufida o‘rtacha yillik umumiy quvvati 4,5 mln. tonna bo‘lgan ikkita ochiq (“Angren” va “Apartak”) hamda bitta shaxta usulida ko‘mir qazib oluvchi kon ishlab turibdi. Ushbu konlardan 2023 yilda 2020 yildagi 3,7 mln. tonnadan 5,8 mln tonnaga ko‘mir qazib olindi.
Rivojlanish strategiyasiga ko‘ra, jamiyat tomonidan 2024 yilda 6,2, 2025 yilda 6,8, 2026 yilda 7,1 mln. tonna ko‘mir qazib olish rejalashtirilgan.
Tayyor mahsulot to‘lig‘icha respublika ichki ehtiyojiga (Angren va Yangi Angren IESlari, respublika budjet tashkilotlar hamda aholi iste’molchilari, shuningdek tadbirkorlik tuzilmalariga (birja orqali) yo‘naltirilmoqda.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitet ‒ asosiy vazifamiz!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida diniy ekstremizm, radikalizm va aqidaparastlik kabi yot g‘oyalarga qarshi ma’naviy-ma’rifiy kurashish, sog‘lom fikrli avlodni t...
O'qish
Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni tartibga solish bo‘yicha yangi huquqiy asos yaratildi
2025-yil 30-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining VMQ-400-son qarori qabul qilinib, Kon-geologiya vazirligi tizimiga kiruvchi ishlab chiqarish, konchilik va sanoat korxona...
O'qish
Milliy libos – millatning yuragidagi ehtirom
Har juma – o‘zligimizni tan olish kuni. Har juma – milliy iftixorni e’tirof etish kuni. Har juma – yurakdagi o‘zbeklik libosga aylanadigan kun. “O‘zbekk...
O'qish
Axborot xizmati maydonida ‒ ochiqlik va tajriba almashinuvi
Joriy yilning 30-iyun ‒ 2 iyul kunlari “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusida V milliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Axb...
O'qish