Gigant ekskavatorlar
Nashr qilingan sana: 30.08.2023 23:02:48Yirik qurilish texnikasi o‘z o‘lchamlari va quvvati bilan insonlarni doimo hayratlantirib kelgan. Bunday mashinalar toifalaridan biri albatta ekskavatorlardir, ba’zan ularning o‘lchamlarini ko‘pqavatli uylarga taqqoslash mumkin. Bugungi kunda bu mashinalar karyerlarni va chuqurlarni qazishda, uylar qurilishida, hamda foydali qazilmalarni qazib olishda faol ishlatiladi. Ular bir biridan nafaqat texnik tavsifnomalari, balki tashqi ko‘rinishi va hajmlari bilan farq qiladi.
Ekskavator karyer va qurilish ishlariga mo‘ljallangan asosiy tuproq qazish mashinalaridan biridir. Ekskavatorni yaratish g‘oyasi buyuk Leonardo da Vinchiga tegishli. Ushbu qurilmaning batafsil chizmalari uning hujjatlarida topilgan.
Ekskavatorlar qazilma konlari gigantlaridir, hatto dinozavrlar ham ulardan kichikroq edi! Odimlovchi ekskavatorlarda g‘ildiraklar ham yo‘q. Ular gidravlik tizim tufayli maxsus “chang‘i”larda karyerlar bo‘ylab juda sekin, soatiga 5-6 km harakatlanadi. Bunday mashinadan foydalanish yerga yukni kamaytirishga imkon beradi (uning massasi yuzlab va hatto minglab tonnaga yetishi mumkin) va shu bilan ishonchlilikni oshiradi. ESH (odimlovchi ekskavator) odatda haddan tashqari katta yuk bilan ishlaydi, chunki ular kavshlarining hajmi juda katta, ikki marta yuklashda 150-200 tonna bo‘lgan samosvalning kuzovini to‘ldirishga qodir.
Ular qanday yuradi? Stasionar holatda ekskavator taglik plitasi bilan yerga yotadi, agar kerak bo‘lsa, “qadam” qo‘yib, uning og‘irligi qo‘llab-quvvatlovchi poyabzalga ‒ “chang‘iga” o‘tkaziladi. Mashina yerdan yuqoriga ko‘tariladi, siljiydi va taglik plitasi bilan yana yerga o‘tiradi. Bir so‘z bilan aytganda, butun tuzilish “qorinda” yotadi.
Harakatning yurish tizimi haqida birinchi bo‘lib muhandis Oskar Martinson o‘ylagan. 1913 yilda Martinson traktori deb ataladigan birinchi 1-T odimlovchi ekskavator ishlab chiqarildi. 1926 yilda ixtirochi o‘z tizimini takomillashtirdi.
ESH-100/100 sobiq SSSR va Rossiya tarixidagi eng yirik odimlovchi ekskavator hisoblanadi. U 1976 yilda Ural og‘ir mashinasozlik zavodi ‒ Uralmashda bitta nusxada chiqarilgan. Uning massasi 10 ming 300 tonnani, kovshining sig‘imi 100 m3, bom balandligi 100 metrni tashkil etgan. Ushbu ekskavatorning balandligi 65 metr edi va ikki xonali kvartira uning chelaklaridan biriga bemalol sig‘ardi.
Ekskavatorni o‘rnatish 5 yilu 3 oy davom etdi. Krasnoyarsk o‘lkasidagi Nazarovskiy ko‘mir konida bu supergigant taxminan 15 yil ishladi va u o‘z kovshi bilan millionlab tonna tosh massasini o‘tkazdi! Aytgancha, yig‘ilish joyidan karergacha ESH o‘z “oyoqlari” bilan asta-sekin, lekin ishonch bilan yurdi.
90-yillarning boshlarida u konservatsiya qilindi va bir necha yil o‘tgach, metallolom uchun buzib olindi.
2017 yilning mart oyida “Uralmash” zavodida og‘irligi 10 ming tonnaga yaqin bo‘lgan yana ham yirik gigant ESH-100/125 yig‘ildi. U massasi bo‘yicha o‘zidan oldingisidan kam, ammo o‘q uzunligi bo‘yicha undan oshib ketadi.
Diana ANDREYeVA tomonidan tayyorlangan
Oxirgi yangiliklar:
Onlayn muloqot oʻtkaziladi
📣Diqqat, e'lon! Joriy yilning 26-avgust kuni, soat 12:00 "O‘zbekko‘mir" AJda sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarning murojaatlarini tingl...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi yangi qoidalar: endi nimalarga e’tibor berish kerak?
Xabaringiz bor, korrupsiyaga qarshi kurashishda talablar yanada kuchaytirildi. 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qars...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish