Har bir murojaatga yechim bor
Nashr qilingan sana: 13.03.2026 13:29:372025-yil davomida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1531 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ularning aksariyati bo‘yicha qonuniy va ijobiy yechimlar topildi. Bu esa jamiyat faoliyatida aholi bilan muloqotga alohida e’tibor qaratilayotganini ko‘rsatadi.
Kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi jismoniy shaxslarga to‘g‘ri keladi. Xususan, 1468 ta murojaat jismoniy shaxslardan, 63 ta murojaat esa yuridik shaxslardan kelib tushgan. Bu holat fuqarolarning jamiyat faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha faol murojaat qilib kelayotganini ko‘rsatadi.
Murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Natijada 1237 ta murojaat ijobiy hal etildi, 219 ta murojaat yuzasidan tushuntirish berildi, 75 ta murojaat esa rad etildi. Bu ko‘rsatkichlar murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida qonuniylik va adolat tamoyillariga amal qilinganini ko‘rsatadi.
Murojaatlar mazmuni tahlil qilinganda, ular turli masalalarga oid ekani ma’lum bo‘ladi. Jumladan, homiylik va moddiy yordam masalalari bo‘yicha 587 ta, ko‘mir ta’minoti yuzasidan 299 ta, mehnat munosabatlari bo‘yicha 150 ta, oylik ish haqi masalalari bo‘yicha 72 ta murojaat kelib tushgan. Shuningdek, boshqa turli masalalar bo‘yicha 415 ta, rahbarning noqonuniy xatti-harakatlari haqida 8 ta murojaat qayd etilgan.
Aholi uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan virtual qabulxona orqali 296 ta murojaat kelib tushgani ham fuqarolarning elektron murojaat imkoniyatlaridan faol foydalanayotganini ko‘rsatadi.
Umuman olganda, kelib tushgan murojaatlarning aksariyati o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, tegishli tartibda hal etilgani “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik bilan muloqotga alohida e’tibor qaratilayotganidan dalolat beradi. Jamiyat kelgusida ham murojaatlarni tezkor va adolatli ko‘rib chiqish, fuqarolar muammolariga yechim topish hamda aholi bilan samarali muloqotni yanada mustahkamlashni ustuvor vazifa sifatida davom ettiradi.
Malika Nazarova,
Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi
Oxirgi yangiliklar:
"O‘zbekko‘mir" AJ da maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o'tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Avtomobil texnologik transporti” filialida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlarda yuzaga kelish...
O'qish
Ommaviy axborot vositalari vakillari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z faoliyatiga oid hisobotni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish maqsadida matbuot anjumani o‘tkazadi. Matbuot anju...
O'qish
Oila fayzi, jamoa tayanchisiz, aziz ayollar!
Qadrli va muhtaram opa-singillar! Yurtimizga nafosat, mehr va iliqlik olib kiruvchi go‘zal bahor ayyomi – 8 mart, Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Siz –...
O'qish