JAMOATCHILIK KENGASHI A’ZOLIGIGA OCHIQ TANLOV E’LON QILINADI
Nashr qilingan sana: 11.06.2026 10:49:50“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibiga a’zolarni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi.
Tanlov maqsadi: Jamiyat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etadigan Kengash tarkibini shakllantirish.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
⏺fuqarolik jamiyati institutlari vakili bo‘lishi;
⏺jamoatchilik faoliyatida tajribaga ega bo‘lishi;
⏺manfaatlar to‘qnashuviga ega bo‘lmasligi;
⏺qonunchilikka muvofiq sudlanganlik holati bo‘lmasligi.
Taqdim etiladigan hujjatlar:
⏺ariza;
⏺rezyume (CV);
⏺shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
⏺jamoatchilik faoliyati bo‘yicha ma’lumot.
Hujjatlar qabul qilish muddati:
2026-yil 11-iyun 9:00 dan,
2026-yil 15-iyun 18:00 gacha;
Hujjatlar qabul qilish manzili:
“O‘zbekko‘mir” AJ Toshkent viloyati, Angren shahar, Istiqlol ko'chasi 1-uy.
Muhim eslatma:
Tanlov natijalari maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi va yakuniy tarkib Jamiyat bosh direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Oxirgi yangiliklar:
Rahbar va yoshlar uchrashuvi: fikrlar tinglandi, takliflar maʼqullandi
“Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak eʼtibor, ularning bi...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashining ta'sis yig‘ilishi o‘tkaziladi
“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida Jamoatchilik kengashining ta'sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Ta'sis yig‘ilishida...
O'qish
Jamoa shartnomasi mazmun-mohiyati mehnat jamoalariga yetkazilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan yangi Jamoa shartnomasi mazmun-mohiyatini mehnat jamoalariga keng targ‘ib qilishga qaratilgan tadb...
O'qish
Toshkent – Samarqand yangi avtomagistrali qurilishiga tamal toshi qo‘yildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida Toshkent – Samarqand yo‘nalishidagi yangi avtomobil yo‘li qurilishiga tamal toshi qo‘yish maros...
O'qish