Ko‘mir sanoatida yangi tartib: bozor mexanizmi Angren konida qandayishlayapti?
Nashr qilingan sana: 25.09.2026 15:49:34"O‘zbekko‘mir" AJ jurnalist va blogerlarni Angren ko‘mir konidagi ishjarayonlari bilan tanishtirdi
ANGREN, 25-sentabr 2026 yil. ‒“O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan jurnalistlar vablogerlar uchun “Angren ko‘mir koni” filialiga press-tur tashkil etildi. Unda ko‘mirsanoatida bozor mexanizmlarini joriy etish doirasidagi yangi tartib, aholi ehtiyojlariuchun ko‘mir yetkazib berish tizimi, Jamiyatning ishlab chiqarish salohiyati va 2026-yildagi rejalar bajarilishi haqida ma’lumot berildi.
Press-tur “Angren ko‘mir koni” filialining Markaziy dispetcherlik markazidagimatbuot anjumani bilan boshlandi. Unda “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktoriningbirinchi o‘rinbosari E. Yakubov ishtirok etib, sohada amalga oshirilayotgano‘zgarishlar va Jamiyat oldida turgan vazifalar haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilganidek, ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlarini joriy etish bilanbog‘liq yangi tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 30 iyuldagi 418-son qarori asosida amalga oshirilmoqda. Yangi tizimda aholi ehtiyojlariuchun ajratiladigan ko‘mirni hududlar kesimida taqsimlash, mahsulotni birjasavdolariga chiqarish, xususiy tadbirkorlar orqali yetkazib berish va sotuvjarayonlarini raqamli platforma orqali ochiq tashkil etish nazarda tutilgan.
Jamiyat tomonidan 2026-yilda aholi ehtiyojlari uchun 1 million 530 ming tonnamahalliy ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan. Hozirda mahsulotni hududlarbo‘yicha taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalgaoshirilmoqda. Xususan, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari aholisiehtiyojlari uchun birja savdolariga chiqarilgan ko‘mirning dastlabki partiyalarixususiy tadbirkorlar tomonidan xarid qilingan. Ayni paytda shartnomalarnirasmiylashtirish hamda mahsulotni belgilangan hududlarga yetkazib berish ishlaridavom etmoqda.
Matbuot anjumanida Jamiyatning ishlab chiqarish salohiyati va joriy yildagiko‘rsatkichlariga ham to‘xtalib o‘tildi.
“O‘zbekko‘mir” AJda 2026-yilda 5,8 million tonna ko‘mir qazib olishnirejalashtirilgan.. Yilning dastlabki sakkiz oyida 3,7 million tonna ko‘mir qazib olinib, iste’molchilarga shuncha miqdorda mahsulot yetkazib berildi. Hozirda Jamiyatkorxonalarida bir sutkada o‘rtacha 25 ming tonna qattiq yoqilg‘i qazib olinmoqda.
Ishlab chiqarish hajmlarini ta’minlash bilan bir qatorda konlarning ustkiqatlamlarini ochish, ish jarayonlarini takomillashtirish va mahsulot sifatiniyaxshilash bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.
Jamiyatning asosiy ishlab chiqarish bazasi “Angren” ko‘mir havzasihisoblanadi. Korxona tarkibidagi 8 ta filialning 3 tasi bevosita ko‘mir qazib chiqarishbilan shug‘ullansa, qolganlari ishlab chiqarish jarayonlarini ta’minlaydi. Tizimda 6 ming nafarga yaqin xodim mehnat qilmoqda.
Matbuot anjumanida “Angren ko‘mir koni”ning tarixi va ishlab chiqarishimkoniyatlari haqida ham ma’lumot berildi. Qayd etilishicha, kon 1948 yildafoydalanishga topshirilgan bo‘lib, dastlab uning yillik quvvati 1,5 million tonnanitashkil etgan. Keyingi yillarda amalga oshirilgan rekonstruksiya va modernizatsiyaishlari natijasida ishlab chiqarish quvvati qariyb to‘rt baravarga oshirilgan.
Bugungi kunda konda qazib olish bilan bir qatorda ustki qatlamlarni ochish, ko‘mirni saralash va yuklash, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish hamdamahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.
Matbuot anjumanidan so‘ng press-tur ishtirokchilari kon hududiga tushirilib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita tanishtirildi. Jurnalistlar va blogerlargako‘mirni qazib olish, saralash va yuklash jarayonlari, shuningdek, og‘ir kontexnikasining ishlash jarayoni namoyish etildi.
OAV vakillari kon mutaxassislari bilan suhbatlashib, qazib olish texnologiyalari, mahsulotni saralash va yuklash, zamonaviy texnikadan foydalanish hamda ishlabchiqarish rejalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar oldilar. Shu tariqa, press-turdoirasidagi matbuot anjumanida aytilgan ma’lumotlar kondagi amaliy jarayonlarbilan uyg‘unlashtirilib, jurnalistlarga “O‘zbekko‘mir” AJ faoliyatini ishlab chiqarishmaydonida bevosita kuzatish imkoni yaratildi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Hurmatli “O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari!
Hurmatli “O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari! Sizni Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga taklif etamiz. 📅 Sana: 25.09.2026...
O'qish
Ommaviy axborot vositalari jurnalistLari va blogerlar diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni”ga press-tur tashkil etmoqda. 2026-yil 25-sentabr kuni ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist hamda blogerlar...
O'qish
Rossiya kasaba uyushmasi delegatsiyasi “O‘zbekko‘mir” AJda bo‘ldi
2026-yil 23-sentabr kuni Rossiya Mustaqil ko‘mir sanoati xodimlari kasaba uyushmasi delegatsiyasi “O‘zbekko‘mir” AJga tashrif buyurdi. Tashrifdan asosiy maqsad ikki to...
O'qish