Ko’mir sifatiga iste'molchidan e’troz bo’ylmaydi
Nashr qilingan sana: 18.09.2024 02:46:51“Angren ko‘mir koni” filialida joriy yilning yanvar-avgust oylarida 3 mln. 295,8 ming tonna ko‘mir qazib olindi. Bu rejaga nisbatan 224 ming tonnaga ko‘p bo‘lib, sakkiz oylik prognoz 107 foizga bajarildi. Iste’molchilarga 2 mln. 995,4 ming tonna ko‘mir yuklab yuborildi.

Ayni kunlarda konimizda ish jarayoni 24 soat rejimida kechayu kunduz uzluksiz davom etmoqda. Ko‘mir qazib olishni ko‘paytirish uchun birinchi navbatda kon ustki qismini ochish ishlariga alohida urg‘u berilayapti. Yilning o‘tgan sakkiz oyi mobaynida 16 mln. 359 ming kubometr hajmida tuproq ishlari bajarildi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan 112,6 foizni tashkil etdi.
Kon uski qismini ochish ishlarini jadallashtirishda zamonaviy kon texnikalari muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda aksiyadorlik jamiyatimiz tomonidan 44 dona “Komatsu” kon samosvallari, shuningdek avtogreyderlar, buldozerlar, yuk ko‘taruvchi va boshqa maxsus texnikalar xarid qilingani ayni muddao bo‘ldi. Ular yordamida kon uski qismini ochish ishlari bosqichma-bosqich jadallashib bormoqda.
Ma’lumki, energiya resurslariga talab oy-yil sayin ortib borayotgan bugungi kunda mamlakatimizda ko‘mir qazib olish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu bejiz emas. O‘zbekistonda ko‘mirning o‘rganilgan zaxiralari qariyb 1,9 milliard tonnani tashkil etadi, uning aksariyat qismi Angren havzasidagi konidagi qo‘ng‘ir ko‘mir ulushiga to‘g‘ri keladi. Iqtisodiyotning ayrim sohalarida, shuningdek, tabiiy gaz yetib bormagan hududlarda isitish mavsumida ko‘mirdan foydalanish qulay va nisbatan arzon. Shu boisdan ham qazib olinayotgan ko‘mirning asosiy qismi issiqlik elektr stansiyalari hamda ijtimoiy soha ob’ektlari va aholi iste’molchilari ehtiyojlari uchun ortib yuborilmoqda.
Ijtimoiy soha ob’ektlariga konimizdan ko‘mir yuklash ishlarini barvaqt boshlaganmiz va bu ish ayni kunlarda yakuniga yetkazilib, aholi iste’molchilari uchun mahsulot jo‘natish jadal boshlab yuborilgan.
Budjet tashkilotlari va aholini ko‘mir bilan ta’minlash bilan aksiyadorlik jamiyatimizning “Piket-21” yuklash punktida amalga oshirilmoqda. Konchilarimiz ko‘mir sifati yaxshi bo‘lishi, iste’molchilarning shikoyatiga o‘rin qoldirmaslik uchun uchun harakat qilishmoqda. Mehnat jamoamiz do‘stona kayfiyatda ishlaydi. Oddiy ishchidan tortib to bosh rahbargacha qazib olish va jo‘natish jarayonida ishtirok etadi. Iste’molchilarga bir kunda o‘rtacha 240-250 vagon ko‘mir jo‘natilmoqda.

Ko‘mir, bu yorug‘lik va issiqlik demakdir. U yer qa’ridan katta mashaqqatlar evaziga qazib olinadi. Shu o‘rinda aholi iste’molchilarimizga o‘z tavsiyalarimizni berib o‘tsak, maqsadga muvofiqdir. Gap shundaki, yangi qazib olingan ko‘mirning inkubatsiya davri bo‘ladi. Ya’ni, yoqilg‘i ochiq havoda 20-25 kun qolib ketsa, namligini yo‘qotib, maydalanib ketadi, yonuvchanlik va issiqlik berish xususiyati keskin kamayib qoladi. Shuning uchun ham ko‘mir xarid qilingach, uni qorong‘u va zax joyda ustini maxsus bekitgan holda saqlash kerak.
Sherzod Turg‘unov,
“Angren ko‘mir koni” filiali bosh muhandisi

Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Beshariqda ro‘yxatga olish bo‘yicha navbatdagi seminar tashkil etildi
Ma’lumki, jori yilning 15-yanvar-28-fevral kunlari mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri o‘tkaziladi. Bu tadbir aholi va qishloq...
O'qish
Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A.M. Qayumovning bayram tabrigi
Sizlarni kirib kelayotgan 2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman. Jamiyatimizda yakunlanayot...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori N.U. Dusmatovning bayram tabrigi
Hurmatli ko‘mir sanoati xodimlari va faxriylari, aziz hamkasblar! Yakunlanayotgan yil mamlakatimiz ko‘mir sanoati uchun barqaror o‘sish va muhim natijalar bilan y...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: korrupsiyaga qarshi islohotlar yangi bosqichda
Korrupsiya jamiyat va iqtisodiyot rivojiga jiddiy to‘siq bo‘luvchi, davlat boshqaruvi samaradorligiga putur yetkazuvchi xavfli illat sifatida mamlakatimizda davlat si...
O'qish