Konchi-avtomobilchilarning kayfiyati ko‘tarinki
Nashr qilingan sana: 17.03.2025 07:29:05.png)
Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatimizdagi ko‘mir zahiralari 2 milliard tonnani tashkil etadi. Davlatimiz rahbari ushbu salohiyatdan samarali foydalanish, ishlab chiqarish hajmini izchil oshirish vazifasini qo‘ymoqda.
“O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan bu boradagi vazifalarni bajarish uchun eng avvalo kon ustki qatlamini ochish ishlarini jadallashtirish, buning uchun mavjud texnika parkidan unumli foydalanish, shu bilan birga yangi va eng zamonaviy, serunumi kon texnikalari xarid qilish choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, 2023-yili hukumat ko‘magi bilan 77,1 mln dollar texnikalar, jumladan, Yaponiyada ishlab chiqarilgan 22 dona (yuk ko‘tarish quvvati 90 t) “Kamatzu” samosvali, 6 ta zanjirli buldozer, 2 dona 6 kubometrli avtoklagich, uchta “KamAZ”, uchta “UAZ” rusumli avtomashinalar keltirilib, “Angren” ko‘mir konida keng foydalanilmoqda.
Ta’kidlab o‘tish kerak, yangi va zamonaviy kon texnikalarining keltirilishi ularni mehnat jamoamiz a’zolarini ruhlantirib yubordi. Binobarin, xodimlarimiz ko‘mir sanoati rivojiga qo‘shib kelayotgan hissasi bilan haqiqatan ham faxrlanadi.
Korxonamizda ishchi-xodimlar unumli mehnat qilishi va mazmunli hordiq chiqarishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Bunday sharoit va imtiyozlar, shuningdek, ijtimoiy kafolatlar Jamoa shartnomasi bilan belgilab qo‘yilgan. Ishchilarga va ularning oila a’zolariga respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan sihatgohlarga imtiyozli yo‘llanmalar berilmoqda, ular fitnes klublariga chiptalar bilan ta’minlanmoqda.
“Tog‘-kon sanoati va metallurgiya xodimlari kuni”, Mustaqillik bayrami hamda “11-noyabr kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatgan xodimlar muntazam taqdirlanadi. Ular uchun “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni, faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘a hamda pul mukofotlari berib boriladi.
Korxonamizda bayramlar munosabati bilan muntazam ravishda konchilar spartakiadalari tashkil etib kelinadi. Sport tadbirlari xodimlarimizning salomatligini mustahkamlash bilan birga, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga yordam beradi. G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
“Avtomobil-texnologik transporti” filiali kasaba uyushma qo‘mitasi nafaqat “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati, balki viloyat bo‘yicha ham namunalik tashkilot hisoblanadi.
Tashkilot o‘tgan yili Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoat nazoratini tashkil etish yuzasidan tashkil etilgan ko‘rik-tanlovning Toshkent viloyati bosqichida “Eng yaxshi kasaba uyushmasi qo‘mitasi” nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘rinni va keyingi bosqichda faxrli III-o‘rinni egalladi. Rahmatjon Ahmadaliyev O‘zbekiston Energetika, Neft-gaz va Geologiya xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Ahmadjon Rahmataliyev,
“O‘zbekko‘mir” AJ “Avtomobil-texnologik transporti” filiali kasaba uyushma qo‘mitasi raisi
.png)
Oxirgi yangiliklar:
Seminar: korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash choralari kuchaytirilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati filiallarida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, qonunchilikdagi o‘zgartishlarni xodimlarga tushuntirish va...
O'qish
Murakkab hududlarda bozor mexanizmi: aholi ko‘mirsiz qolmasligi uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?
Ko‘mir sanoatiga bozor mexanizmlarining joriy etilishi va aholini ko‘mir bilan ta’minlashga tadbirkorlik sub’yektlarining jalb qilinishi respublikamizning olis va borish...
O'qish
MAHALLIY KO‘MIR MAHSULOTLARINING YANGI ULGURJI NARXLARI
“O‘zbekko‘mir” AJ ko‘mir konida qazib olinadigan ko‘mir mahsulotlarining ulgurji narxlari (QQS bilan) qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublika tova...
O'qish
Brifing: ko‘mir ta’minotida yangi tizim: aholi uchun tanlov va raqobat imkoniyati kengaymoqda
Respublikamizda 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari, jumladan, tabiiy gaz yetib bormagan hudud...
O'qish