Konçilik sohasida: xalqaro hamkorlik − işlab çiqariş samaradorligi omili
Nashr qilingan sana: 27.11.2026 18:24:52Joriy yilning 26-noyabr kuni Toşkent şahrida foydali qazilmalarni qazib oliş böyiça II xalqaro sammit ötkazildi. Unda “Özbekkömir” AJ da Taşqi iqtisodiy aloqalar va investisiyalar boşqarmasi vakillari ham iştirok etdi.
Sammit doirasida Polşa, Qozoğiston, Belarus va Turkiya kompaniyalari vakillari bilan uçraşuvlar ötkazilib, konçilik korxonalari faoliyatida qöllaş mumkin bölgan zamonaviy texnologiyalar, uskunalar va xizmatlar taqdim etildi.
Jumladan, Polşadagi FTT Wolbrom kompaniyasi vakillari konveyer transporti uçun mato-rezinali (töqimali) va pölat trosslar bilan kuçaytirilgan rezina konveyer lentalarining afzalliklari haqida ma’lumot berdi.
Kompaniya vakillarining ta’kidlaşiça, konveyer lentalarini yetkazib berişdan oldin buyurtmaçi korxonaning iş şaroitlari çuqur örganiladi. Bunda taşiladigan toğ jinslarining tarkibi, donadorlik xususiyatlari va konveyerga tuşiş balandligi hisobga olinadi. Şundan söng laboratoriyada lentalarning mazkur şaroitlarga çidamliligi böyiça sinovlar ötkaziladi. Talab etilgan mustahkamlik körsatkiçlariga mos mahsulotlargina buyurtmaçi uçun maxsus işlab çiqariladi.
Qozoğistondan taşrif buyurgan LABWARE kompaniyasi mahsulotlarni avtomatlaştirilgan tarzda röyxatga oliş, qazib olinayotgan xomaşyo namunalari böyiça laboratoriya sinovlarini tezkor ötkaziş, me’yoriy hujjatlar hisobini yuritiş va tahlil natijalarini elektron şaklda saqlaş tizimini taqdim etdi.
Mazkur tizimni joriy etiş orqali laboratoriya tahlillarini ötkaziş muddatini bir sutkadan bir neça daqiqagaça qisqartiriş imkoniyati mavjudligi ta’kidlandi.
Şuningdek, kompaniya vakillari sifat menejmenti tizimi imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Uşbu tizim xodimlarni öqitiş, nomuvofiqliklar va iş jarayonidagi oğişlarni nazorat qiliş, da’volarni körib çiqiş, auditlar ötkaziş, hujjatlar hamda xavf-xatarlarni boşqariş jarayonlarini qamrab oladi.
Qozoğistonning CST Asia (TOO “Control Systems Technology Asia”) muhandislik kompaniyasi konçilik korxonalarida temir yöl, konveyer va avtomobil transporti uçun möljallangan tarozi tizimlarini örnatiş, montaj qiliş va dasturiy sozlaş böyiça takliflarini taqdim etdi. 2003 yilda taşkil etilgan kompaniya mazkur yönalişdagi muhandislik yeçimlarini taklif qilişi bilan taniştirdi.
Belarusdan taşrif buyurgan “Belabond” kompaniyasi esa konçilik sanoatida qöllaniladigan maydalagiçlar va tegirmonlarning yeyilişga moyil qismlarini himoya qilişga möljallangan ikki komponentli epoksid kompaundlarini taqdim etdi. Uşbu materiallar uskunalarning işçi qismlaridagi böşliqlarni töldiriş, zarba va tebraniş ta’sirini kamaytiriş hamda ularning xizmat muddatini uzaytirişga xizmat qiladi.
Bundan taşqari, boş ofisi Qozoğiston Respublikasining Ostona şahrida joylaşgan, Toşkentda dilerlik markaziga ega “Resource Center” MÇJ kompaniyasi avtotransport vositalariga texnik xizmat körsatiş va ularni ta’mirlaş imkoniyatlari bilan taniştirdi.
Xususan, “KamAZ”, JAC va UzAuto Trailer rusumidagi transport vositalarining dizel dvigatellari yoqilği tizimlariga xizmat körsatiş, yoqilği forsunkalarini bir vaqtning özida oltitagaça tekşiriş, klapan va datçiklarni diagnostika qiliş, şuningdek, uzatmalar qutisidagi nosozliklarni aniqlaş va bartaraf etiş xizmatlari haqida ma’lumot berildi.
Turkiyaning Istanbul şahridagi boş ofisi va Toşkentdagi dilerlik markaziga ega “AKSA POWER” MÇJ korxonasi esa dizel yoqilğisi, benzin va tabiiy gazda işlaydigan generator qurilmalarini işlab çiqariş hamda yetkazib beriş faoliyati bilan taniştirdi. Kompaniya 20 kVAdan 2750 kVAgaça quvvatga ega generator qurilmalarini dunyoning 18 ta davlatiga şartnoma asosida yetkazib berişini ma’lum qildi.
Hamkorlik samarasi — özaro mas’uliyat va taşabbusda
Tadbir yakunida taşkilotçi Mariya Graduleko bilan ham uçraşuv bölib ötdi. Suhbatda korxonada erişilayotgan yutuqlar, mavjud muammolar hamda işlab çiqarişda yuqori natijalarga erişayotgan korxonalar tajribasi muhokama qilindi.
Suhbat davomida Mariya Graduleko xorijiy kompaniyalarni jalb etiş, ularning ilğor tajriba va işlanmalarini mahalliy korxonalarga yetkaziş uçun katta sa’y-harakat qilinayotganini, biroq ayrim hollarda taqdimotlarga mas’ul vakillarning yetarliça e’tibor qaratmayotganidan afsusda ekanini bildirdi.
“Qani edi, şunday kelişib işlasak, menga ham oson bölardi. Dunyoning yetakçi, işlab çiqarişda katta yutuqlarga erişayotgan korxonalarini jalb qilaman. Ular uzoq masofadan, muayyan sarf-xarajatlar qilib kelib, öz mahsulot va xizmatlarini taqdim etadi. Ammo şunça yöl bosib kelgan va öz mahsulotlarini taniştirayotgan vakillarning taqdimotlarini tinglaş, özaro fikr almaşişga ham vaqt ajratilmasa, bundan men ham noqulay ahvolga tuşaman. Göyoki taşkiliy işlarni yetarliça yölga qöymaganday bölib qolaman”, — dedi u.
Darhaqiqat, zamon bilan hamnafas bölişni, işlab çiqarişda boşqalardan ortda qolmaslikni istagan korxonalar va mutasaddi rahbarlar bunday tadbirlarga mas’uliyat bilan yondaşişi zarur.
Zero, xalqaro hamkorlik faqat uçraşuv va taqdimotlar bilan çeklanmaydi. Uning samarasi ilğor tajribani örganiş, yangi texnologiyalarni özlaştiriş va ularni amaliyotga tatbiq etişga bölgan munosabatga ham boğliq.
Korxona vakillari xorijga borib iştirok eta olmagan taqdirda ham, öz tajriba va yutuqlarini taqdim etiş uçun kelgan hamkorlarni munosib kutib oliş, ularning takliflarini tinglaş va özaro fikr almaşiş muhimdir.
Qutluğ Teşaboyev,
Taşqi iqtisodiy aloqalar va investisiyalar boşqarmasi boşliği
.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
Xorazmda kömir ta’minoti: omborlarda 7,8 ming tonna zaxira mavjud
Kuz-qiş mavsumida aholini kömir bilan uzluksiz ta’minlaş, joylarda yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolarni öz vaqtida aniqlaş va bartaraf etiş maqsadida respublika hu...
O'qish
Qoraqalpoğistonda kömir omborlari va yetkazib beriş jarayonlari örganildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va aholi ehtiyojini koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha ishlar davom etmoqda. A...
O'qish
KÖMIR: KONDAN ISTЕ’MOLÇIGAÇA BÖLGAN MAS’ULIYAT
KÖMIR: KONDAN ISTЕ’MOLÇIGAÇA BÖLGAN MAS’ULIYAT Qiş yaqinlaşgan sari kömirga bölgan talab ham ortadi. Ayniqsa, tabiiy gaz tarmoği yetib bormagan xonadonlar, budjet taş...
O'qish