Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga bagʻishlanadi
Nashr qilingan sana: 30.03.2023 05:25:48Xabaringiz bor, joriy yilning 30 aprel kuni mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha referendum oʻtkaziladi. Ayni damlarda joylarda ushbu muhim siyosiy tadbirga bagʻishlangan targʻibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
“Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatda ham huddi shunday tadbir oʻtkazildi.
“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʻzimizniki!” shiori ostida “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida tashkil etilgan tadbirda jamiyat ijro paparati va filiallar boshqaruv, muhandis-texnik hamda ishchi xodimlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi A.Qayumov qisqacha kirish soʻzi bilan ochib bergan ochib bergan tadbirda Konstitutsiyaviy islohotning zarurati va ahamiyati, ushbu Bosh qomusimizga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, 30 aprelda boʻlib oʻtadigan referendumning davlat va jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Ayni paytda Yangilanayotgan Konstitutsiyada mamlakatimizda tadbirkorlik, investitsiya, savdo-sanoat, ishlab chiqarish va shu kabi boshqa sohalarni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilgani alohida taʼkidlab oʻtildi. Tadbirda siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekov yig'ilganlarning savollariga batafsil javob berdi.
Shuningdek, turli sohada yuksak marralarga erishayotgan va yurtimizdagi yangilanishlar samarasida oʻz kasbi orqali obroʻ-eʼtibor topgan hamyurtlarimiz muhim siyosiy jarayon haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish