Korrupsiyaga qarshi kurashish: qonuniylik, shaffoflik va shaxsiy mas’uliyat
Nashr qilingan sana: 13.10.2026 18:43:33O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ–1155-son Qonuni korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish va korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Ayni kunlarda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida mazkur Qonunning mazmun-mohiyatini keng tushuntirish, uning talablaridan kelib chiqadigan vazifalarni belgilashga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.
Navbatdagi ma’rifiy tadbir 12-oktabr kuni “Kapital qurilish-montaj ishlari va ijtimoiy soha” filialida “Korrupsiyaga qarshi kurashish ‒ umumiy mas’uliyat» mavzusida o‘tkazildi.
Tadbirni Jamiyatning Komplaens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati komplaens inspektori Aurojjon Abduraimov olib bordi. Unda ishtirokchilarga Qonunning asosiy qoidalari, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish, qonunchilik talablariga rioya etish va korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikning muqarrarligi yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, filial faoliyatida qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, moliyaviy mablag‘lardan maqsadli foydalanish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish har bir xodimdan yuksak mas’uliyat, halollik va fidoyilikni talab etishi, xizmat vazifalarini vijdonan bajarish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish barqaror va shaffof ish muhitini ta’minlashning muhim sharti ekani ta’kidlandi.

Oxirgi yangiliklar:
Seminar: korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash choralari kuchaytirilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati filiallarida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, qonunchilikdagi o‘zgartishlarni xodimlarga tushuntirish va...
O'qish
Murakkab hududlarda bozor mexanizmi: aholi ko‘mirsiz qolmasligi uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?
Ko‘mir sanoatiga bozor mexanizmlarining joriy etilishi va aholini ko‘mir bilan ta’minlashga tadbirkorlik sub’yektlarining jalb qilinishi respublikamizning olis va borish...
O'qish
MAHALLIY KO‘MIR MAHSULOTLARINING YANGI ULGURJI NARXLARI
“O‘zbekko‘mir” AJ ko‘mir konida qazib olinadigan ko‘mir mahsulotlarining ulgurji narxlari (QQS bilan) qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublika tova...
O'qish