“Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz bo‘laylik!”
Nashr qilingan sana: 01.03.2025 07:20:48

“Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi” filialida tashkil etilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tadbir ana shu mavzuda bo‘ldi.
Jamiyat Komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati komplayens inspektori Erkin Amanov ishtirokidagi tadbirda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunning maqsadi va va amal qilish sohasi xususida so‘z yuritildi.
Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishning asosiy prinsiplari, davlat organlari xodimlarining huquq va majburiyatlari va bunda davlat tashkilotlarining vakolatlari, manfaatlar to‘qnashuviga oid holatlar bo‘yicha ko‘riladigan choralar to‘g‘risida o‘zaro fikr almashildi.
Jarayonda ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Tadbir korrupsiyaning ayanchli oqibatlariga oid "So'nggi pushaymon" filmi namoyish qilindi.

Oxirgi yangiliklar:
Seminar: korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash choralari kuchaytirilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati filiallarida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, qonunchilikdagi o‘zgartishlarni xodimlarga tushuntirish va...
O'qish
Murakkab hududlarda bozor mexanizmi: aholi ko‘mirsiz qolmasligi uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?
Ko‘mir sanoatiga bozor mexanizmlarining joriy etilishi va aholini ko‘mir bilan ta’minlashga tadbirkorlik sub’yektlarining jalb qilinishi respublikamizning olis va borish...
O'qish
MAHALLIY KO‘MIR MAHSULOTLARINING YANGI ULGURJI NARXLARI
“O‘zbekko‘mir” AJ ko‘mir konida qazib olinadigan ko‘mir mahsulotlarining ulgurji narxlari (QQS bilan) qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublika tova...
O'qish
Brifing: ko‘mir ta’minotida yangi tizim: aholi uchun tanlov va raqobat imkoniyati kengaymoqda
Respublikamizda 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari, jumladan, tabiiy gaz yetib bormagan hudud...
O'qish