Marra – 5 800 ming tonna!
Nashr qilingan sana: 31.12.2023 03:15:08“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2023-yil muvaffaqiyatli yakunlanmoqda. bu yerda yil yakunibilan ko‘mir qazib olish hajmini 5 800 ming tonnadan oshirildi. Bu o‘tgan 2022-yilga nisbatan qariyb 800 ming tonnaga ko‘pdir.
“O‘zbekko‘mir”AJ tarkibida uchtakon mavjud bo‘lib,ularning ikkitasi ochiq, bittasi yopiq usulda yoqilg‘i qazib olishga ixtisoslashgan.“Angren ko‘mir koni”filiali aksiyadorlik jamiyatining asosiy korxonasi hisoblanadi. Farhod Adbiyev boshchiligidagi 2-bo‘limda ekskavator mashinistlari, mexanik, tog‘-kon ustasi va ishchilari, elektriklardan iborat 84 kishi kon ustki qismini ochish, ko‘mir qazib olish vayuklash faoliyatini amalga oshirib keladi. Bo‘lim ixtiyorida 7 ta kon ekskavatori bo‘lib, ularni yuksak unum bilan ishlatish choralari muntazam ko‘riladi. Bu yerda ish kechasiyu kunduzi uzluksiz tashkil etilgan. Farhod Abdiyevning aytishicha, sutkalik va oylik rejalar ortig‘i bilan ado etilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, jamoa a’zolari yangi yilni munosib mehnat sovg‘alari bilan kutib olmoqdalar.
Oxirgi yangiliklar:
Konferensiya: Jamoa shartnomasi ijrosi muhokama qilindi
2026-yilning 17-aprel kuni Unda jamiyat tizimidagi korxonalardan saylangan delegatlar, jamiyat rahbariyati, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari, mutaxassislar hamda...
O'qish
Brifing: iste’molchilarga 1 million 782,6 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026-yilning yanvar–mart oylarida iste’molchilarga 1 million 782,6 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi. Bu boradagi reja 1...
O'qish
OAV vakillari diqqatiga: “O‘zbekko‘mir” AJda I chorak yakunlariga bag‘ishlangan brifing
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026 yil “yanvar–mart oylari yakunlari hamda jamiyatda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari” mavzusida brifing o‘tkazi...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ transformatsiya: xarid jarayonlari raqamlashtiriladi, ESG tamoyillari joriy qilinadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xarid jarayonlarini yanada ochiq, tushunarli va samarali qilish maqsadida KPMG xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan keng qamrov...
O'qish