Namangan viloyatida aholining 60 foizi ko‘mir bilan ta’minlandi
Nashr qilingan sana: 13.11.2024 01:02:55

Ayni kunlarda respublika aholi iste’molchilarini arzonlashtirilgan mahalliy ko‘mir yoqilg‘isi bilan ta’minlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ Namangan viloyati filiali tasarrufida 8 ta hududiy ko‘mir ombori ishlab turibdi. Joriy kuz-qish mavsumi uchun ushbu omborlar tomonidan bugungi kungacha aholiga 113 ming 700 tonnadan ziyodroq ko‘mir tarqatildi. Ayni paytda omborlarda 3 ming 450 tonna zaxira bor
Joriy mavsum uchun hududiy omborlar orqali viloyat aholisiga 183 ming tonna ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan.
Pop tumani tog‘li hudud bo‘lib, bu yerda mavjud 77 mahallaning 61 tasi tabiiy gazga ulanmagan.
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ Namangan viloyati filialiga qarashli Pop tuman hududiy ko‘mir ombori tomonidan aholiga qish mavsumi uchun hozirgacha 11 ming 480 tonna ko‘mir tarqatildi.
Bugun ko‘mir omboriga “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ortib yuborilgan yana to‘rt vagon mahalliy ko‘mir tushirildi.
Mahsulot aholiga onlayn ro‘yxatga muvofiq mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari ishtirokida tarqatilmoqda.
12-noyabr kuni “O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati rahbari Ne’mat Dushayev tomonidan viloyatdagi Pop va Chust ko‘mir omborlari faoliyati o‘rganildi. Jarayonda ko‘mir ta’minotchilar va aholi iste’molchilari bilan arzonlashtirilgan mahalliy ko‘mir va uni tarqatish tartiblari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.
Fotosuratlarda: Pop va Chust ko‘mir omborida aholiga ko‘mir tarqatish jarayonidan lavhalar.
Fotosuratlar muallif: Ilhom Bozorboyev








Oxirgi yangiliklar:
27 TA XIZMAT AVTOMOBILI HARAKATLANMADI, 848 KUB METR GAZ TEJALDI
Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish, atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdorini kamaytirish va aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltiris...
O'qish
SPORT – SOG‘LOM JAMOA VA YUQORI NATIJALAR GAROVI
Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bu bejiz e...
O'qish
G‘OYANGIZ BORMI? UNDA TANLOVDA IShTIROK ETING!
Ko‘mir sanoati doimiy izlanish, yangilanish va innovatsion yondashuvlarni talab qiladigan sohalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ishlab chiqarish samaradorligini oshi...
O'qish
JAMOATCHILIK KENGASHI A’ZOLIGIGA OCHIQ TANLOV E’LON QILINADI
“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibiga a’zolarni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi. ℹ️ Tanlov maqsadi: Jamiyat faoliyati ustidan jamoatchi...
O'qish