“Nishbash ko‘mir” vakillari bilan uchrashuv
Nashr qilingan sana: 03.04.2025 23:28:01

Joriy yilning 3-aprel kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida “Nishbash ko‘mir” MCHJ XK vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Angren ko‘mir koni” filiali markaziy dispetcherlik markazida tashkil etildi.
Jamiyat bosh muhandisi V.V. Kuznestov mehmonlarga “Angren” ko‘mir konidagi yoqilg‘i qazib olish jarayonlari, kon ishchilari uchun yaratilgan sharoitlar, qazish ishlarida qo‘llanilayotgan texnika va texnologiyalar, konning yillik ko‘mir qazib olish hajmi hamda ustki qatlamni olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Jarayon davomida mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.
O‘z navbatida, “Nishbash ko‘mir” MCHJ XK vakillari Angren ko‘mir havzasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdilar. Ular ta’kidladilarki, yangi ko‘mir koni zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etilmoqda, u yerda uskunalar allaqachon o‘rnatilgan va 30 oy muddatda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Bu borada geologik tadqiqotlarni ko‘zdan kechirish va shaxtalar uchun eng mos uskunalarni tanlash muhim hisoblanadi. Uchrashuv samarali va foydali o‘tdi, ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashdilar va kelgusidagi hamkorlikka oid yangi imkoniyatlarni muhokama qildilar.

Oxirgi yangiliklar:
Seminar: korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash choralari kuchaytirilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati filiallarida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, qonunchilikdagi o‘zgartishlarni xodimlarga tushuntirish va...
O'qish
Murakkab hududlarda bozor mexanizmi: aholi ko‘mirsiz qolmasligi uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?
Ko‘mir sanoatiga bozor mexanizmlarining joriy etilishi va aholini ko‘mir bilan ta’minlashga tadbirkorlik sub’yektlarining jalb qilinishi respublikamizning olis va borish...
O'qish
MAHALLIY KO‘MIR MAHSULOTLARINING YANGI ULGURJI NARXLARI
“O‘zbekko‘mir” AJ ko‘mir konida qazib olinadigan ko‘mir mahsulotlarining ulgurji narxlari (QQS bilan) qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublika tova...
O'qish
Brifing: ko‘mir ta’minotida yangi tizim: aholi uchun tanlov va raqobat imkoniyati kengaymoqda
Respublikamizda 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari, jumladan, tabiiy gaz yetib bormagan hudud...
O'qish