O‘g‘irlangan 3 tonna ko‘mir ortga qaytarildi
Nashr qilingan sana: 22.06.2023 04:57:03Huquqbuzar A.T., 2023 yil 3 iyun kuni taxminan soat 18:00larda “Apartak” ko‘mir koni hududidan qiymati 1.239.000 so‘mlik BR 0-200(300) markali 3000 kg. ko‘mir mahsulotini noqonuniy ravishda, hech qanday hujjatlarsiz olib ketayotgani Milliy gvardiya xodimlari tomonidan aniqlandi va ushbu mahsulot xolislar ishtirokida qaytarib olinib, “Angren” ko‘mir koniga topshirildi.
X.T. 1996 yilda Angren shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti o‘rta-maxsus, oilali, nafaqada. U jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudida 2023 yil 14 iyun kuni sudya: J.Kuldashev raisligida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida aybini to‘liq bo‘yniga oldi va qilmishidan pushaymonligini bildirdi. Oilaviy sharoiti og‘ir va yagona boquvchi ekanligini aytib, sudda nisbatan yengilroq jazo berishni so‘radi.
Tanish holat. Ko‘mir konida o‘g‘irlik bilan qo‘lga tushganlar odatda ana shunday vajlarni keltirishadi. Oilaviy sharoitning og‘irligi va moddiy yetishmovchilik davlat mulkini talon-taroj qilishga asos bo‘lolmaydi. Ko‘mir mahsuloti minglab kishilar peshona teri evaziga mashaqqat bilan qazib olinayotgan boylik va uning egasi, so‘rovi bor.
Sud jinoiy ishni ko‘rib chiqib, huquqbuzarning oilaviy sharoiti va iltimosini e’tiborga olib, qaror qabul qilishda bag‘rikenglik qildi: huquqbuzar O‘zbekiston Respublikasi MJtK 61- moddasining 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima belgilandi.
Huquqbuzar va o‘g‘irlikka moyil shaxslar, umuman, barcha-barcha bundan to‘g‘ri xulosa chiqarishi va qing‘ir ishlarga aslo qo‘l urmasligi kerak.
Ma’lumot uchun: joriy yil boshidan buyon Milliy gavardiya, Qo‘riqlash bo‘limi hamda Angren shahar IIB bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida "O‘zbekko‘mir" AJ mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq 61 holat aniqlandi va 37 059 430 so‘mlik tovar-moddiy boyliklar to‘xtatib qolindi. Huquqbuzarlarga nisbatan sud tomonidan 36 090 000 so‘mli jarima jazosi belgilandi.
N.Mustafoqulov,
Angren shahar Milli gvardiyasi Qo‘riqlash bo‘lim boshlig‘i, kapitan
Oxirgi yangiliklar:
Onlayn muloqot oʻtkaziladi
📣Diqqat, e'lon! Joriy yilning 26-avgust kuni, soat 12:00 "O‘zbekko‘mir" AJda sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarning murojaatlarini tingl...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi yangi qoidalar: endi nimalarga e’tibor berish kerak?
Xabaringiz bor, korrupsiyaga qarshi kurashishda talablar yanada kuchaytirildi. 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qars...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish